15.08.2024 07:58
JSST maymunchechak tufayli favqulodda holat eʻʻlon qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) chorshanba kungi yigʻilishda mpox (maymunchechak) infektsiyasini yana global favqulodda holat deb eʻʻlon qildi. JSST maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi haftalarda Afrika mamlakatlarida maymunchechakning katta epidemiyasi qayd etilgan va infektsiyaning boshqa qitʻʻalarga ham tarqalish xavfi mavjud.
JSST bosh direktori Tedros Gebreesus mpox xalqaro darajada tahdid solayotganidan xavotir bildirdi. Uning taʻʻkidlashicha, JSST yangi epidemiyadan jabrlangan mamlakatlarda ham, butun dunyoda davolanishni taʻʻminlash va kasallikning keyingi tarqalishining oldini olish boʻyicha faoliyatini davom ettiradi.
Avvalroq Afrika qitʻʻasi miqyosida mpox bilan bogʻliq vaziyat tufayli favqulodda holat joriy qilingan edi. Yil boshidan buyon Afrikaning 18 davlatida 15 mingdan ortiq holat va 461 kishining oʻlimi qayd etilgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 160 foizga koʻpdir.
Barcha holatlarning 90 foizdan ortigʻi Kongo Demokratik Respublikasida kuzatilgan. Burundi, Keniya, Ruanda va Uganda kabi mamlakatlarda birinchi marta mpox infektsiyasi qayd etilgan.
Sogʻliqni saqlash rasmiylari Afrikaning ustuvor vazifasi oʻz aholisini maymunchechakka qarshi zudlik bilan emlash ekanligini taʻʻkidlamoqda. Qitʻʻada infektsiya tarqalishini nazorat qilish uchun 10 million vaktsina dozasi kerak, ammo hozirda faqat 200 ming vaktsina mavjud.