14.08.2024 07:15

Zelenskiy: Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi 74 ta aholi manzilini nazoratga oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyati hududidagi operatsiyasi davom etayotganini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu”.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning 74 ta aholi punkti allaqachon Ukraina nazorati ostiga oʻtgan.

Prezident Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Aleksandr Sirskiyning maʻʻruzasiga tayanib, shunday dedi: “Murakkab, shiddatli janglarga qaramay, Kursk viloyatida qoʻshinlarimizning olgʻa siljishi davom etib, davlatimiz uchun ayriboshlash fondini toʻldirmoqda. Ukraina nazorati ostida 74 ta aholi manzili mavjud. U erda tekshiruvlar, barqarorlashtirish tadbirlari olib borilmoqda. Bu hududlar uchun gumanitar echimlarni ishlab chiqish davom etmoqda”.

Sirskiyning hisobotiga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Ukraina qurolli kuchlari turli yoʻnalishlarda 1 kilometrdan 3 kilometrgacha oldinga siljigan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotidan

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 13 avgust kuni tushdan keyin Telegram-kanalida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkinchi haftadan beri hujumi davom etayotgan Kursk viloyatidagi vaziyatning yangi sharhini eʻʻlon qildi.

Mudofaa vazirligining qoʻshimcha qilishicha, Rossiya boʻlinmalari Ukraina Qurolli kuchlarining Sudja tumanidagi Martinovka qishlogʻi yoʻnalishida (chegaradan 14 kilometr uzoqlikda) hujumini qaytargan. Aytilishicha, 15 nafargacha ukrainalik askarlar halok boʻlgan, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobilʻ yoʻq qilingan.

Mudofaa vazirligining taʻʻkidlashicha, rus qoʻshinlari Ozerki qishlogʻini (Belovskiy tumanidagi chegara qishlogʻi boʻlishi mumkin) tozalagan, 15 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchini oʻldirgan, toʻrtta «Stryker» bronetransportyorini yoʻq qilgan va Ukraina Qurolli kuchlarining olti nafar harbiy xizmatchisini asirga olgan.

Bundan tashqari, vazirlik bayonotiga koʻra, Rossiya qoʻshinlari Kursk viloyatining Mixaylovka, Korenevo, Nikolaevo-Daryino, Oleshnya, Sudja va Nikolaevka tumanlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining Sumi viloyatining Miropol, Mogritsa va Petrushevka tumanlaridagi ishchi kuchi va texnikasiga, shuningdek, zaxiralarga zarba bergan.

Rossiya tomonining taʻʻkidlashicha, bir kunda Ukraina Qurolli kuchlari 420 nafargacha harbiy xizmatchi, 55 ta zirhli texnika, shu jumladan 3 ta tankni, 6 avgustdan beri esa jami 2030 nafargacha harbiy xizmatchi va 35 ta tankni yoʻqotgan.

Mavzuga aloqador