14.08.2024 15:38

The Economist: Vashington uchta yadroviy mojaro roʻy berishidan qoʻrqmoqda

 

AQSh hukumati bir vaqtning oʻzida Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoyga bas kelish imkoniyatiga umidsizlik bilan qaramoqda, deb yozadi The Economist nomi oshkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib.

Pentagon Rossiyaning NATO davlatiga hujum qilib, Amerikani Evropa himoyasiga tortishi, soʻngra Xitoy Vashingtonning chalgʻishidan foydalangan holda Tayvanga bostirib kirishi, ayni paytda, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga hujum qilishi bilan bogʻliq ehtimoliy voqealar rivojini modellashtirmoqda. Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati "oʻn yillik chuqur qisqartirishlardan" soʻng shay holatga keltirilgan yadroviy kuchlarni koʻpaytirishga tayyorgarlik koʻra boshladi.

Strategik qurollarni qisqartirish boʻyicha shartnoma muddati tugashi (fevralda tugaydi) tufayli kengaytirish ishlari 2026 yilda boshlanishi mumkin.

"Agar prezident... biz shay holatga keltirilgan kuchlar sonini oshirishimiz kerak degan qarorga kelsa, bu qarorni nisbatan tezroq amalga oshirishni xohlaymiz", - dedi AQShning yuqori martabali harbiy amaldori. Biroq AQSh rasmiylari bu masalada qanchalik uzoqqa borishi noyabrdagi prezidentlik saylovlarida kim gʻalaba qozonishiga bogʻliq - demokrat Kamala Xarrismi yoki respublikachi Donalʻd Tramp. Taxminlarga koʻra, Xarris Trampdan farqli ravishda, yadroviy qurolga cheklovlarni saqlab qolishga harakat qilishi mumkin.

Mavzuga aloqador