14.08.2024 14:06
625

Bombalanayotgan Gʻazo: 313-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 313 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

️Bosqinchilar Rafah Bayt Lahia, Nuseyrat va Magazi lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 39 932 kishi halok boʻlgan.

️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tubas va Nablusga bostirib kirdi. Qarshilik jangchilari jang qilmoqda. Natsistlar dronlardan hujum qilmoqda. Tubasda bir kishi halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.

️Hizbulloh Mount Neria harbiy bazasi, Kafr Shuba poligoni va al-Alamga 30 ta Katyusha raketasini uchirdi. Temir gumbaz hujumlarga dosh bera olmadi.

️Al-Qassam brigadalari Merkava tankini portlatib, Tal al-Hava hududida bosqinchilar boʻlgan minalangan 3 ta tunnelni portlatib yubordi.

️Bu tunda qarshilik kuchlari Suriyaning Dayr-az-Zor shahridagi AQShning Konoko neftʻ harbiy bazasiga 4 marta zarba berdi.

️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazoda urush boshlanganidan beri yangi tugʻilgan 115 chaqaloq bosqinchilar tomonidan oʻldirildi.

️Jazoir talabiga koʻra, BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda yigʻilish oʻtkazib, Gʻazo sektoridagi Al-Tabain maktabidagi qirgʻinni muhokama qildi.

️Falastin rahbari Mahmud Abbos Rossiyaga tashrif buyurib, RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Vladimir Putin uchrashuv chogʻida mintaqada uzoq muddatli, ishonchli, barqaror tinchlikni taʻʻminlash uchun BMTning barcha qarorlarini amalga oshirish va birinchi navbatda, toʻlaqonli Falastin davlatini yaratish zarurligini taʻʻkidladi. Ayni paytda Abbos Turkiyada.

️AQSh Davlat departamenti Isroilga 19 mlrd dollarlik F-15 samolyotlari va jihozlarini, shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqulladi. Boeing kompaniyasi F-15 qiruvchilarini bir necha yil davomida ishlab chiqarib, etkazib beradi. Tank oʻq-dorilari esa zudlik bilan topshiriladi.