14.08.2024 16:34

Britaniyada millatchilar etnik turkman ayoliga hujum qildi

Britaniyada “Pride of Britain” (“Britaniya faxri”) mukofotiga sazovor boʻlgan etnik turkman ayolga 20 yoshlar atrofidagi 3 yigit hujum qilib, kaltaklagan, uni haqoratlab, “musulmon yurtiga qaytib ketish”ni talab qilgan. Ishbilarmon ayol Maya Amangeldieva Turkmanistonda tugʻilgan, biroq uzoq yillardan beri Britaniyada yashaydi.

Britaniyaning Kent grafligi Xern-Bey shahrida “Pride of Britain” (“Britaniya faxri”) mukofoti gʻolibi, asli turkmanistonlik Mayya Amangeldievaga nomaʻʻlum shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda Yeni Şafak nashri xabar bermoqda.

20 yoshlar atrofidagi 3 yigit uni “iflos xorijlik muhojir” deb atagan va “musulmon yurtingga qaytib ketish”ni talab qilgan, shuningdek, uni itarib yuborib, tepkilashgan.

Ishbilarmon ayol Mayya Amangeldieva Turkmanistonda tugʻilgan, biroq uzoq yillardan beri Britaniyada yashaydi. U jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash markazi va bepul kiyim doʻkonini boshqaradi. Margate kasalxonasida davolangan 36 yoshli Mayya oʻzini nochor his qilganini va zoʻrlanishidan qoʻrqqanini aytdi, hozirda tashqariga chiqishga qoʻrqmoqda.

15 yil avval Britaniyaga koʻchib oʻtgan va Britaniya pasportiga ega Mayya oʻtgan yilgi “Pride of Britain” mukofotida mintaqaviy mukofotga sazovor boʻlgan.

Mazkur mukofotni topshirish marosimida u Karen Xauer, Denis Lyuis va Nikki Sanderson kabi bir qancha mashhurlar bilan suratga tushgan. Shu yilning may oyida esa qirol Charlz mezbonlik qilgan Bukingem saroyi bogʻidagi ziyofatda qatnashgan.

Mavzuga aloqador