Isroil bosqinchilari falastinliklarni keng miqyosda qirgʻin qila boshlaganiga ham bir yil toʻldi. 7 oktyabrʻ voqealaridan soʻng boshlangan urush oqibatida 42 mingdan ortiq falastinlik, 2 mingdan koʻproq livanlik hayotdan koʻz yumdi. Xoʻsh, bu qilmishlarga qarshi qanday amaliy choralar koʻrilmoqda? Deyarli hech qanday! Harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan Isroilga hech qanday taʻʻsirli choralar koʻrilgani yoʻq, biroq butun dunyoda bu bosqinchilikni qoʻllab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi global boykot eʻʻlon qilingan va bu harakat qaysidir maʻʻnoda oʻz mevasini berdi.

 

Isroil bosqinchilari falastinliklarni keng miqyosda qirgʻin qila boshlaganiga ham bir yil toʻldi. 7 oktyabrʻ voqealaridan soʻng boshlangan urush oqibatida 42 mingdan ortiq falastinlik, 2 mingdan koʻproq livanlik hayotdan koʻz yumdi. Sionistlarning vahshiyliklari qisqa vaqt ichida butun dunyoning diqqat-eʻʻtiborini tortdi. Jahon hamjamiyati urush jinoyatlari va tinch aholining oʻldirilishiga qarshi chiqib, mitinglar va namoyishlar oʻtkazishdi. Mazkur voqealar ortidan xalqaro miqyosda adolat, taraqqiyot, insonparvarlik, tenglik va huquq kabi tushunchalarni qayta koʻrib chiqish zarurati paydo boʻldi. Biz bilgan Gʻarb aslida oʻzini boshqalarga ziynatlab koʻrsatayotganidek emasligi, uning balandparvoz shiorlari shunchaki choʻpchak ekani fosh boʻlib qoldi.

Buning ortidan minglab odamlar yagona haqiqatni anglagan holda Islom dinini qabul qila boshlagan boʻlsa, millionlab odamlar Isroil va uning hamkorlariga qarshi bosh koʻtardi. Bularning bari butun boshli xalqaro kompaniyalar, korporatsiyalar, siyosiy partiyalar, universitetlar, ommaviy shaxslar, shou biznes vakillari va hatto Gʻarb mahsulotlariga qarshi boykotning avj olishiga sabab boʻldi. Darhaqiqat, Gʻazo urushi va uning koʻp oʻtmay chegaradosh mintaqalarga yoyilishi tarixda misli koʻrilmagan rezonansni keltirib chiqardi. Shunga qaramay, Gʻarbda islomofobiya, musulmonlarga qarshi keng koʻlamdagi informatsion urushlar ham toʻxtamayapti. Chindan ham bir yillik urush madaniyatlar, dinlar toʻqnashuvi va haqiqat gʻalabasi uchun kurashga aylanib ketdi.

Oʻtgan yilning oxirlarida McDonald’s, Starbucks kabi sionistlarni qoʻllab-quvvatlovchi kompaniyalarga nisbatan keng miqyosli boykot eʻʻlon qilingan boʻlsa, 2024 yilning bahoriga kelib, buning natijalari – kompaniya egalarining katta yoʻqotishlari boʻy koʻrsatdi. Qolaversa, mashhur universitetlar boʻylab urushga qarshi talabalar harakatining kuchayishi sababli akademik boykot ham yuzaga keldi.

AzonGlobal bundan sakkiz oy muqaddam “Boykotdan foyda yoʻq. Aslida ham shundaymi?” sarlavhasi ostida videolavha tayyorlagandi. Oradan shuncha vaqt oʻtib, materialda taʻʻkidlangan argument va tahliliy fikrlar toʻlaqonli oʻz tasdigʻini topdi.

Jumladan, shu yozda McDonald’s, Starbucks kompaniyalari sotuvlar va daromadlarining pasayganini maʻʻlum qildi. Ikkala korporatsiya ham yoʻqotishlarning asosiy sababi sifatida Isroilning Gʻazodagi urushi fonida musulmonlarning mahsulotlardan voz kechayotganini tilga olyapti.

McDonald’s 2020 yildan buyon birinchi marta global savdosining pasaygani, uning sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga kamayganini bildirdi. Starbucks esa seshanba kuni Shimoliy Amerika doʻkonlaridagi xaridlar 2 foizga, dunyo boʻylab esa 7 foizga tushganini eʻʻlon qildi. Shuningdek, kompaniyaning xalqaro daromadlari umumiy hisobda 23 foizga pasayib ketgan.

Boykot harakatlarining salmoqli qismi Yaqin Sharq hududlariga toʻgʻri keladi. Oqibatda Coca-Cola, KFC va Starbucks kabi yirik brendlarga "kuchli zarba berilyapti".

Financial Times gazetasining yozishicha, "Misr fuqarolaridan tortib Indoneziya aholisigacha, Saudiyaliklardan Pokistondagi isteʻʻmolchilargacha sionistlarni qoʻllab-quvvatlovchi mashhur oziq-ovqat va ichimlik brendlarini rad etyapti".

Nashrga koʻra, Gʻarb brendlarini boykot qilish "yaqin oʻtmishdagi eng keng tarqalgan harakat" boʻlib, bu ijtimoiy kampaniyalar qanday qilib yirik korporatsiyalarga qattiq zarba berishi mumkinligiga misol boʻla oladi”.

Amerikaning Edelman konsalting kompaniyasi tomonidan 15 mamlakatda yashovchi 15 ming isteʻʻmolchi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Isroil mahsulotlarini boykot qilish boʻyicha eng faol beshta davlatdan uchtasi musulmon mamlakatlari - Saudiya Arabistoni, BAA va Indoneziya ekanligi maʻʻlum boʻldi. Koʻplab musulmonlar yashovchi Hindiston toʻrtinchi oʻrinni, Germaniya esa beshinchi oʻrinni egalladi.

Soʻrovnomada qatnashgan saudiyaliklarning 71 foizi mazkur brendlarni boykot qilayotganini aytgan boʻlsa, BAAda ushbu koʻrsatkich 57 foizni tashkil etgan. Indoneziya aholisining esa 50 foizdan ortigʻi boykotlarda ishtirok etayotgani maʻʻlum boʻldi.

Tashqi siyosat boʻyicha Stimson tahlil markazining taʻʻkidlashicha, Yaqin Sharqda Gʻarb brendlarini isteʻʻmolchilar tomonidan boykot qilish "uzoq tarixga ega" boʻlib, "koʻpincha siyosiy, diniy va madaniy ziddiyatlarga borib taqaladi".

Isroilga qarshi yoʻnaltirilgan, zoʻravonliksiz falastinliklar boshchiligidagi boykot, sarmoyalarni chiqarish va sanktsiyalar harakati 2005 yildayoq eʻʻtiborni torta boshlagan. The Jerusalem Post gazetasining yozishicha, aynan shu yili Xalqaro sud Isroilning Gʻarbiy Sohildagi xavfsizlik toʻsigʻini xalqaro huquqqa zid deb topgan edi. Bu harakat Isroilning Gʻazodagi urushi boshlanganidan keyin yanada keng qoʻllab-quvvatlandi.

Financial Times’ning maʻʻlum qilishicha, ommaviy boykot harakatlari ayni paytga kelib “bir qator yirik transmilliy kompaniyalarning daromadlariga taʻʻsir koʻrsatmoqda. Boykot harakatiga duch kelgan koʻplab transmilliy korporatsiyalar “geografik va toifaviy tarqalishi tufayli ushbu zarbani engib oʻtgan boʻlsa-da, "boykotlar keng tarqalgan" mamlakatlardagi ularning franchayzinglari moliyaviy inqirozga uchramoqda.

Yaqin Sharq va Qozogʻiston boʻylab KFC, Pizza Hut va Crispy Creme kabi brendlarni boshqaradigan Americana Restaurants kompaniyasining bosh direktori Amarpal Sandhu payshanba kuni boʻlib oʻtgan daromadlar toʻgʻrisidagi hisobotida boykotlarning davomiyligi va shiddatini "misli koʻrilmagan" deb taʻʻrifladi.

Kompaniyaning ikkinchi chorakda olgan foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Amerikaning gazaklar ishlab chiqaruvchi Mondelēz International kompaniyasi ham boykotlar tufayli ikkinchi chorakda mahsulotlar etkazib berishni 2 foizga pasaytirganini bildirdi. Mashhur parfyumeriya va kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchi frantsuz kompaniyasi L’Oréal ham savdo hajmini 2 foizga qisqartirishga majbur boʻlgan.

Bu esa birgina musulmonlarning ogohligi va jamoaviy harakati ortidan Islom dushmanlari qanchalik moliyaviy zarar koʻrishini anglatadi. Shu bois ham begunoh falastinliklar ustiga tashlanayotgan bombalarni kamaytirish uchun sionistlar zulmini dastaklovchi barcha kompaniyalar mahsulotlaridan voz kechish yoki uni muqobiliga almashtirish har bir musulmonning burchidir.

 

 

Mavzuga aloqador