-
Rossiya ukrain qoʻporuvchilik-razvedka guruhi Bryansk viloyatining Klimovskiy tumani hududiga bostirib kirmoqchi boʻlganini maʻʻlum qildi. Ushbu urinish Rossiya FSB va Qurolli Kuchlari tomonidan bartaraf etilgan.
-
Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston diplomatik missiyasi rahbari Muhammad Ur Rahmon Rahmoniyni ishonchli vakil sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazdi. Bundan koʻzlangan maqsad ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishdan iborat ekani maʻʻlum qilindi.
-
AQShning Suriyada nima ishi bor? 24 ta harbiy baza, oʻn minglab xarbiylar faqat Suriyaning neftʻ va gaziga ega chiqish uchunmi? Ehtimol, mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish, Isroilni Eron hujumlaridan himoyalash, Rossiya va Xitoy taʻʻsirini kamaytirish ham strategik maqsadlaridandir? Xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert Muhammad Nodir al-Umarining maqolasi shu haqda.
-
Chikagodagi United Center sport majmuasida boʻlib oʻtgan Demokratlar partiyasi qurultoyida islom diniga eʻʻtiqod qiluvchi delegat va mehmonlar uchun namozxona tashki etildi. Ushbu qurultoyda Kamala Xarris boʻlajak prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida rasman tasdiqlandi.
-
Xitoy 5 ta hududida 11 ta yangi yadro reaktori qurishni maʻʻqulladi. Yangi reaktorlarni qurish taxminan 30,85 milliard dollarga tushadi. Hozirda mamlakatda 55 ta yadro reaktori mavjud boʻlib, yana 36 tasi loyihalashtirmlqda yoki qurilmoqda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 320 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Afgʻoniston hukumati BMTning Afgʻonistondagi inson huquqlari boʻyicha maxsus maʻʻruzachisi Richard Bennetning mamlakatga kirishini taqiqladi. Tolibon mutasaddilarining fikricha, Bennet “ishonchli odam emas” va Afgʻonistonda tashviqot olib borish uchun tayinlangan.
-
Britaniyaning Kent viloyatida 30 yoshli Bleyk Xindri nomaʻʻlum raqamdan Londondagi masjidga qoʻngʻiroq qilib, masjidni yoqib yuborish va imomini oʻldirishini aytdi. Uning Londondagi yana toʻrtta masjidga tahdidli qoʻngʻiroqlarni amalga oshirgani maʻʻlum boʻldi. Erkak sudda oʻz aybini tan oldi va 2 yilu 6 oy muddatga qamaldi.
-
Eronda Arbain marosimi uchun Pokistondan Iroqqa shia ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketishi oqibatida 35 kishi halok boʻldi, 15 kishi jiddiy jarohatlandi. Ushbu ziyoratchilar Imom Husayn shahid etilganining 40-kunida nishonlanadigan Arbain marosimiga qatnashish uchun yoʻlga chiqishgan.
-
Ukraina gʻarbidagi Ternopolʻ shahrida 20 avgust kuni tunda Rossiya havo kuchlarining sanoat obʻʻektiga bergan zarbasidan soʻng havoda xlor kontsentratsiyasi meʻʻyordagidan 4-10 barvar oshib ketdi. Ayni paytda, ukrain uchuvchisiz uchogʻi zarbasi tufayli RFning Rostov viloyati Proletarsk shahridagi neftʻ omborida uch kundirki yongʻin davom etmoqda.