21.08.2024 10:38

Eronda Iroqqa pokistonlik shia ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi

Eronda Arbain marosimi uchun Pokistondan Iroqqa shia ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusning agʻdarilib ketishi oqibatida 35 kishi halok boʻldi, 15 kishi jiddiy jarohatlandi. Ushbu ziyoratchilar Imom Husayn shahid etilganining 40-kunida nishonlanadigan Arbain marosimiga qatnashish uchun yoʻlga chiqishgan.   

Eronda Arbain marosimini nishonlash uchun Pokistondan Iroqqa yoʻlga chiqqan shia ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok boʻldi, 15 kishi jarohatlandi.

Eron davlat televideniesining xabar qilishicha, yoʻl-transport hodisasi Eronning Yazid viloyati Dehshir-Taft avtomagistralida yuzaga kelgan.

Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, avtohalokatga avtomobilʻ tormoz tizimidagi nosozlik sabab boʻlgan, dedi Yazid politsiyasi boshligʻi polkovnik Hoji Dehabadiy.

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy halokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U Tashqi ishlar vazirligiga jabrlanganlarga yordam koʻrsatish, qurbonlarning jasadlarini vataniga etkazish boʻyicha topshiriq berdi.

Arbain marosimi Imom Husayn 72 sahoba bilan Umaviylar xalifasi Yazid qoʻshini bilan jangda halok boʻlganining qirqinchi kunida oʻtkaziladigan xotira marosimidir. Bu yilgi Arbain marosimi 25 avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Mavzuga aloqador