Dunyo ahlining asosiy eʻʻtibori qonxoʻr sionistlarning zoʻravonliklariga qaratilgan bir paytda Falastinning qoʻshnisi boʻlgan Suriya hududlarining AQSh tomonidan noqonuniy bosib olingani koʻpchilikning nazaridan chetda qolmoqda. 
Suriyaning shimoli-sharqida AQSh harbiy bazalari qoʻnim topgan. Bunday strategik joylashuv tasodif emas. Mamlakatning janubi-gʻarbi – Suriya-Iordaniya-Iroq chegarasidan shimoli-sharqda joylashgan Furot daryosining gʻarbiy hududlariga qadar 28 ta AQSh inshooti, jumladan 24 ta harbiy baza joylashgan.
Muayyan geostrategik maqsadlarni koʻzlagan holda joylashtirilgan amerikalik harbiylar Vashingtonning mahalliy, mintaqaviy va xalqaro manfaatlariga xizmat qiladi. 
AQSh harbiy kuchlarining koʻpayishi
AQSh maʻʻlumotlariga koʻra, Suriyadagi amerikalik askarlar soni 2015 yilda 50 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2017 yil oxiriga kelib ikki mingdan oshgan. 2017 yil aprelʻ oyida oʻsha paytdagi milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi brigada generali Gerbert Reymond Makmaster Iroq va Suriyaga 50 minggacha qoʻshin yuborishni koʻrib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Obama maʻʻmuriyati Suriyaga koʻp sonli harbiylarini joʻnatishini mamlakatdagi ichki beqarorlikni, shu jumladan terrorizmning kuchayishi va davlat institutlarining zaiflashuvini bartaraf etish uchun zarur deb oqlagan edi. Aslida AQSh askarlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalandi. Uning bosqinchilik harakatlari "Ozod Suriya armiyasi" deb nomlangan jangarilar guruhidan tortib, IShIDgacha qurol, pul va razvedka maʻʻlumotlarini etkazib bergan xorijiy aralashuvlar tufayli yanada kuchaydi.
AQSh shuningdek, Suriyaning shimoli-sharqida avtonom maʻʻmuriyatni oʻrnatishga urinayotgan kurd kuchlarini qoʻllab-quvvatladi. Bu Damashq xorij qoʻllab-quvvatlagan jangarilarga qarshi Rossiyaning harbiy aralashuvini soʻraganidan keyin oʻzining taʻʻsirini saqlab qolish uchun amalga oshirilgandi.
Beqarorlashtirish va iqtisodiy blokada
Noqonuniy AQSh harbiy joylashuvining asosiy maqsadlaridan biri Suriya neftʻ va gaz resurslarini talon-taroj qilish ekani bugun kundek ravshan. AQSh nafaqat kurdlar boshchiligidagi Suriya demokratik kuchlari (SDK) faoliyatini moliyalashtiradi, balki Suriyaga nisbatan iqtisodiy blokadani ham kuchaytirib keladi. Ayni shu blokada 2020 yil iyunʻ oyida joriy etilgan “Tsezarʻ qonuni” sanktsiyalarida oʻz ifodasini topgan.
Oʻsha paytda AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Jeyms Jeffri bu sanktsiyalar Suriya funtining qulashiga va hukumatning iqtisodiy siyosatiga toʻsqinlik qilayotganini aytib, Damashq "samarali iqtisodiy siyosatni yurgizishga va Livan banklarida pul yuvishga qodir emas"ligini taʻʻkidlagan edi.
AQSh shuningdek, neftʻ daromadlaridan oʻzining hududdagi harbiy mavjudligini moliyalashtirish va musulmonlarning ravnaq topishiga xalaqit berish uchun foydalanadi. 
Eronni tiyib turish va Isroil manfaatlarini taʻʻminlash
Mintaqaviy darajada AQShning mavjudligi Eronning Iroq va Suriya orqali Oʻrta er dengiziga quruqlik aloqalarini oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan. 
Bundan tashqari, Suriyaning janubi-sharqidagi va Iroq chegarasiga yaqin joylardagi AQSh bazalari arab qabilalarini nazorat qiladi va Suriya hamda Iroq oʻrtasidagi quruqlik yoʻlagini toʻsib, Isroilni himoya qiladi. Xususan, bu harakat Suriyani mintaqaviy ittifoqchilaridan, xossatan, Isroil uchun bevosita tahdid soladigan Eron va “Hizbulloh” qarshilik harakatidan ajratib qoʻyishga qaratilgan edi.
Rossiya va Xitoy taʻʻsiriga qarshi kurash
Xalqaro miqyosda AQShning Suriyadagi mavjudligi Vashingtonga jahon tartibida hukmronligini saqlab qolish, Evrosiyodagi hukmron kuch hisoblangan Rossiya va Xitoyning taʻʻsiriga qarshi turishda yordam beradi. Suriyadagi joylashuv Xitoyning "Bir kamar, bir yoʻl" tashabbusini toʻxtatishni ham nazarda tutadi.
Vashingtonning Suriya siyosiy tizimini oʻzgartirishga urinishlari hozirga qadar, asosan, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qolaversa, AQSh bazalari va inshootlari mintaqaviy qarshilik koʻrsatish guruhlarining tobora koʻproq hujumlariga uchramoqda. 2023 yil noyabridan buyon AQSh askarlari va inshootlariga 102 ta hujum uyushtirildi, bu esa Suriya erlarini Amerika tomonidan bosib olinishiga qarshilik kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
AQShning jiddiy joylashuviga qaramay, amerikalik qoʻshinlarning dushman hududida uzoq muddat qolishi nomaʻʻlum. 
AQShning Suriyadagi kelajagi
AQShning kelajakda Suriya boʻyicha harakat rejasi mavhumligicha qolmoqda. Yaqinlashib kelayotgan AQSh prezidentlik saylovlari ham Vashingtonning Suriya boʻyicha yondashuvlarini oʻzgartirishi mumkin. Agar amaldagi maʻʻmuriyat mintaqaviy sulh bitimini muhokama qilishga va Eron yadroviy bitimining tiklanishiga jiddiy qiziqish bildirsa, demokratlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish uchun Suriyadan qoʻshinlarini olib chiqib ketishni tanlashi mumkin. Aksincha, agar Donalʻd Tramp hokimiyatga qaytsa, AQShning Rossiya bilan potentsial kelishuvi orqali Ukraina va Suriyadan chiqib ketishi ehtimoli mavjud.
Suriyaning energiya va suverenitetini taʻʻminlash
Al-Xasaka viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Rumeylan bazasi Suriyadagi birinchi AQSh harbiy posti hisoblanadi. Unda asosiy vazifasi mintaqaning neftʻ inshootlarini himoya qilish boʻlgan 500 ga yaqin xodimlar joylashtirilgan. Hududda taxminan 1300 ta neftʻ qudugʻi mavjud boʻlib, ular 2011 yilgacha kuniga 120 mingdan 150 ming barrelgacha neftʻ va 2 mln kubometrga yaqin gaz ishlab chiqargan.
Al-Shaddodi shahrining janubi-sharqida joylashgan Amerika bazasi ham mintaqaning eng muhim neftʻ zaxiralari yaqinida joylashgan. Uning yaqinida taxminan 500 ta neftʻ qudugʻini oʻz ichiga olgan Al-Gipsa koni joylashgan boʻlib, u Al-Xasakadagi ikkinchi eng katta neftʻ konidir.
2011 yilgacha kuniga 80 ming barrelgacha neftʻ ishlab chiqargan Dayr-az-Zurdagi Al-Omari koni atrofida AQShning Suriyadagi eng katta va eng muhim bazasi qurilgan. Ushbu baza, Konoko koni, Talʻ Baydar, Life Stone, Qasrak, Ximos va Al-Tanf kabi boshqa bazalar bilan birgalikda AQShning Suriyadagi eng muhim va resurslarga boy hududida hukmronligini taʻʻminlaydi.
Xulosa
AQShning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy mavjudligi Eron taʻʻsiriga qarshi turish, Isroil manfaatlarini himoya qilish, Suriya iqtisodiyotini zaiflashtirish va Fors koʻrfazidagi gegemonligini saqlab qolishiga xizmat qiladi.
Hozirda mahalliy arab qabilalari va mintaqadagi "Qarshilik oʻqi" ushbu mustamlakachilik siyosati va uni amalga oshirayotgan ishgʻol kuchlariga qarshi urushmoqda.
Biroq yaqin kelajakda AQSh oʻzining harbiy bazalarini saqlab qolish va Suriyadagi strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun tish-tirnogʻi bilan mahalliy ozodlik harakatlariga qarshi kurashishi aniq. Bu esa bosqinchilarning musulmonlarga tegishli boyliklarni oʻzlashtirish va oʻzining demokratiya niqobi ostidagi zulm siyosatini davom ettirishiga asoslanadi. 
Muhammad Nodir al-Umari, xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert

Mavzuga aloqador