-
Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi. Shuningdek, tomonlar aviaqatnovlar sonini oshirish, 20 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan kompleks dasturni qabul qilish, tovar ayiboshlash hajmini bir necha barobarga oshirish va boshqalarga kelishib oldi. Oʻzbek-ozarbayjon biznes forumida umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.
-
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning “Rossiya” telekanaliga bergan intervʻyusida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Qozogʻiston haqidagi gaplari tufayli Belarusning Ostonadagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Lukashenko oʻz intervʻyusida “Qozogʻistonda nimalardir roʻy berganida, Xitoy, Hindiston yoki Pokistondan emas, Minsk va Moskvadan yordam soʻraganini iddao qildi. U intervʻyuda Oʻzbekistonni ham tilga oldi.
-
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari ilk bor Murmansk viloyatiga hujum qildi. Chegaradan uchoq urib tushirilgan joygacha masofa rekord darajadagi 1850 km ni tashkil etadi. Ushbu hujum RF havo hujumidan mudofaa kuchlarining zaifligi natijasi sifatida baholandi.
-
Afgʻoniston Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi oʻtgan yildagi faoliyati, jumladan, ayollar savdosi va musiqaga qarshi kurash natijalari haqida hisobott berdi. Jumladan, ayollar savdosi bilan bogʻliq 205 ta jinoyatning oldi olingan, 25 ta vino zavodi yopilgan, 21 mingdan ortiq musiqa asbobi yoʻq qilingan.
-
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev 22 avgust kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida Ozarbayjon rahbarini Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.
-
Zamonaviy dunyoviy fanlar boʻyicha olamshumul yutuqlarni taqdirlab boruvchi eng taniqli mukofot boʻlgan Nobelʻ mukofotining orasida musulmonlar deyarli yoʻq. Birinchidan, bu islom dinining muammosimi? Ikkinchidan, bu islom dinidan voz kechish yoki diniy fonni kamaytirishga asosli sabab boʻladimi? Uchinchidan, Nobelʻ mukofoti haqiqatdan ham inson saodatining ramzimi? Keling shu savollarga javob izlab koʻraylik.
-
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Ikki tomonlama muzokaralarda davlatlar oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada kengaytirish, oʻzaro savdo aloqasini 2 mlrd dollarga etkazish masalalari muhokama qilindi. “Ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash boʻyicha birgalikdagi saʻʻy-harakatlarimiz butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror oʻsish va barqarorlikni taʻʻminlashga xizmat qiladi”, — dedi Toqaev tashrif davomida.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 321 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi pirovardida Ukrainaning magʻlubiyatini tezlashtirishi va Rossiya foydasiga tinchlik muzokaralariga olib kelishi mumkin, deb yozadi Germaniyaning Die Welt gazetasi. Nashr Ukrainaning Rossiyaga hujumi katta yoʻqotishlarga olib kelishi mumkinligining toʻrtta sababini keltirdi.
-
Isroilga energiya tashuvchilarini etkazib berayotgan kompaniya va davlatlar Gʻazodagi harbiy jinoyatlarga sherik sifatida ayblanishi mumkin. Ular orasida Qozogʻiston, Ozarbayjon, Albaniya va boshqa mamlakatlar bor.