Bombalanayotgan Gʻazo: 320-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 320 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Xon Yunis, Rafah va Jabaliyaga hujum qildi. Uzluksiz hujumlar
natijasida 52 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 40173 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Xalilga bostirib kirdi.
Bir kishi halok boʻldi. Tulkarmda bir bola hibsga olindi.
▪️Gʻazo hukumati: Bosqinchilar 24 soat ichida maktab, bozor,
telefon quvvatlash
nuqtasi va uylarga hujum qilishdi. Biz natsistlarni va AQShni qirgʻinlar uchun toʻliq
javobgar deb bilamiz.
▪️Gʻazoda 25 yil ichida birinchi poliomielit kasalligi qayd
etildi, Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining maʻʻlum qilishicha, Iordaniyadagi testlar Dayr al-Balah shahrida
emlanmagan 10 oylik bola kasallikka chalinganini tasdiqladi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Nitsarim oʻqidagi taʻʻminot liniyasini
bombaladik, Tal al-Sultanda
bosqinchilarning texnikasiga hujum qildik va Rafahda bosqinchilarni portlatib
yubordik.
▪️Bir kunda Livandan Isroilga 135 ta raketa uchirildi. Ularning ayrimlari
koʻchmanchilarning uy-joylariga tushib, yongʻinlarga sabab boʻldi. Qurbonlar borligi
xabar qilindi.
▪️Benʻyamin
Netanyaxu: "Bugun tunda kuchlarimiz HAMAS tomonidan oʻgʻirlab ketilgan olti
kishining: marhum Abraham Monder, marhum Aleks Danzig, marhum Xaim Perri, marhum
Yagav Buchstab, marhum Yoram Metsger va marhum Nadav Popplevel jasadlarini topdi".
▪️Kassam
brigadalari HAMAS qoʻlida saqlanayotgan isroillik mahbuslarning fotosuratlarini
chop etib, ular bosqinchilar tomonidan oʻqqa tutilishi natijasida halok
boʻlganliklarini maʻʻlum qildi.
▪️Bosqinchilar
Livan janubidagi Bekaa vodiysiga hujum qildi. 1 kishi halok boʻldi, 19
kishi yaralandi, ulardan 5 nafari bolalar.
▪️33 falastinlik mahbus Isroil qamoqlaridan ozod qilindi.
Ozod qilinganlarning har birida qattiq qiynoqlar va kuchli charchoq alomatlari bor.