Xitoy mamlakatning 5 ta turli mintaqasida 11 ta yangi yadro reaktorini qurishga ruxsat berdi.

Mamlakat hukumati hisoblangan Davlat kengashi dushanba kungi yigʻilishida shimolda Shandong, sharqda Tsyansu va Tsitsyan, janubda Guandun va Guansi-Chjuan avtonom tumanida yangi yadro reaktorlarini qurishga qaror qildi, deb xabar beradi milliy matbuot.

11 ta yangi reaktorning qurilishi uchun taxminan 220 milliard yuanga (30,85 milliard dollar) sarflanishi taxmin qilinmoqda.

Xitoyning China General Nuclear Power Corporation (CNGP) davlat korporatsiyasi 6 ta, China National Nuclear Power Corporation (CNNC) - 3 ta va State Power Investment Corporation (SPIC) - 2 ta reaktor qurilishini zimmasiga oladi.

Xitoy 2022 va 2023 yillarda 10 ta yangi reaktor qurilishini maʻʻqullagan edi.

Hozirda 55 ta yadro reaktoriga ega boʻlgan mamlakat AQSh va Frantsiyadan keyin eng koʻp reaktorga ega uchinchi davlat hisoblanadi.

Xitoy 2030 yilga borib loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan 36 ta reaktorni hisobga olganda, atom energetikasi quvvati boʻyicha jahon etakchisiga aylanishni maqsad qilgan.

Mavzuga aloqador