Afgʻoniston hukumati BMTning Afgʻonistondagi inson huquqlari boʻyicha maxsus maʻʻruzachisi Richard Bennetning mamlakatga kirishini taqiqladi. Tolibon mutasaddilarining fikricha, Bennet “ishonchli odam emas” va Afgʻonistonda tashviqot olib borish uchun tayinlangan.

Afgʻoniston hukumati BMTning Afgʻonistondagi inson huquqlari boʻyicha maxsus maʻʻruzachisi Richard Bennetning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Germaniyaning Deutsche Welle (DW) telekanaliga bergan intervʻyusida Tolibon rasmiysi Zabihulloh Mujohid maʻʻlum qildi.

Uning taʻʻkidlashicha, aksariyat xalqaro institutlar, asosan, BMT «gʻarazli» va «dushman».

Mujohid BMTning qarorgohi Kobulda joylashgan Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasi (YuNAMA) vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv haqida xabar berdi. Kerakli ogohlantirishlar berildi, afgʻon hukumati BMT tomonidan inson huquqlari boʻyicha eʻʻlon qilingan hisobotlarni rad etdi, dedi u.

“Janob Bennetning Afgʻonistonga safari taqiqlangan, chunki u Afgʻonistonda tashviqot olib borishga tayinlangan. U biz ishonadigan odam emas. Uning Afgʻonistonda oʻrni yoʻq, targʻibot ishlari bilan band boʻlgani uchun kelishiga ham ruxsat berishmayapti. U mayda-chuyda masalalarni boʻrttirib, boshqa muassasalarga yolgʻon maʻʻlumot berdi”, — dedi Mujohid.

Uning soʻzlariga koʻra, BMT institutlari Afgʻonistonda boʻlayotgan “ijobiy voqealar”ni koʻrmaydi, balki diqqatini “oʻz fikricha, zaif masalalarga” qaratadi. "Ular Afgʻonistonga qarshi tashviqot olib borish uchun barcha saʻʻy-harakatlarni amalga oshirmoqdalar", deya qoʻshimcha qildi u.

Bennet 2022 yil aprelida BMTning Afgʻonistondagi inson huquqlari boʻyicha maxsus maʻʻruzachisi etib tayinlangan. U Afgʻonistonning amaldagi maʻʻmuriyatini mamlakatdagi inson huquqlari ahvoli uchun tanqid qilgan.

Oʻz navbatida, Afgʻoniston maʻʻmuriyati xalqaro hamjamiyatning, xususan, inson huquqlari sohasidagi hisobotlari “Afgʻonistondagi voqeliklarga zid” ekanini daʻʻvo qilmoqda.

Mavzuga aloqador