Ukraina gʻarbidagi Ternopolʻ shahrida 20 avgust kuni tunda Rossiya havo kuchlarining sanoat obʻʻektiga bergan zarbasidan soʻng havoda xlor kontsentratsiyasi meʻʻyordagidan 4-10 barvar oshib ketdi. Ayni paytda, ukrain uchuvchisiz uchogʻi zarbasi tufayli RFning Rostov viloyati Proletarsk shahridagi neftʻ omborida uch kundirki yongʻin davom etmoqda.

Ukraina gʻarbidagi Ternopolʻ shahrida 20 avgust kuni tunda Rossiya havo kuchlarining sanoat obʻʻektiga bergan zarbasidan soʻng havoda xlor kontsentratsiyasining ortishi qayd etildi. Bu haqda mahalliy hokimiyat maʻʻlum qildi.

Tungi soat 3 da raketa hujumi natijasida, mahalliy hokimiyat maʻʻlumotlariga koʻra, yoqilgʻi-moylash materiallari omborida yongʻin chiqqan. Hujum natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʻʻlumot berilmagan. Taxminan soat 15:00 da Ternopolʻ viloyati hokimligi yongʻin muvaffaqiyatli oʻchirilganini maʻʻlum qildi.

Mahalliy hokimiyat havodagi xlor kontsentratsiyasi meʻʻyordan 4-10 baravarga oshgani sababli Ternopolʻ aholisini ochiq havoda oʻtkazadigan vaqtlarini cheklash va derazalarni mahkam yopishga chaqirdi.

Ternopolʻ – Ukraina gʻarbidagi shahar, aholisi taxminan 225 ming kishi. Shahar front chizigʻidan uzoqda joylashgani uchun Rossiya hujumlarining tez-tez nishoniga tushmaydi.

Ayni paytda, Rossiyaning Rostov viloyatidagi Proletarsk shahrida uchinchi kundirki, neftʻ omboridagi ulkan yongʻin davom etmoqda. Yongʻin Ukraina uchuvchisiz uchoqlari tomonidan berilgan zarbadan keyin boshlangan.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Proletarskdagi neftʻ ombori tepasida tutun va alangadan iborat ulkan ustun koʻtarilayotgani aks etgan videolar chop etilmoqda. Maʻʻlum qilinishicha, yongʻin koʻlami va xavfning kuchayishi sababli oʻt oʻchiruvchilar uzoq vaqt davomida yongʻinni oʻchirishni boshlay olmagan.

Viloyat rahbari Vasiliy Golubev mahalliy vaqt bilan taxminan 19:00da yongʻin oʻchirilayotganini maʻʻlum qildi. Unga koʻra, yongʻinga qarshi kurashga ikkita yongʻin oʻchirish poezdi va bitta samolyot jalb etilgan.

"Yaqin atrofda landshaft yongʻinlari paydo boʻlishining oldini olish uchun sanoat maydonchasi atrofida qoʻshimcha minerallashtirilgan liniyalar yaratildi", deya qoʻshimcha qildi u.

Dushanba kuni avvalroq Golubev 41 nafar oʻt oʻchiruvchi kasalxonaga yotqizilgani, jumladan besh nafarining ahvoli ogʻirligi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga aloqador