23.08.2024 10:18

Ukraina ilk bor Murmansk viloyatiga “dron” uchirdi: rekord masofa – 1850 km

Ukraina uchuvchisiz uchoqlari ilk bor Murmansk viloyatiga hujum qildi. Chegaradan uchoq urib tushirilgan joygacha masofa rekord darajadagi 1850 km ni tashkil etadi. Ushbu hujum RF havo hujumidan mudofaa kuchlarining zaifligi natijasi sifatida baholandi.

Chorshanba kuni Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Murmansk viloyatiga hujum qildi, dedi viloyat gubernatori Andrey Chibis.

z-harbiy muxbirlarning maʻʻlumotlariga koʻra, uchuvchisiz uchoqlar Tu-95MS va Tu-22M3 strategik raketa tashuvchilari joylashgan Olenya harbiy aerodromi joylashgan hudud shimolidagi Visokiy qishlogʻigacha uchib borishga muvaffaq boʻlgan.

Ukraina uchuvchisiz uchoqlari urush boshlanganidan buyon ilk bor rekord darajada uzoqlikdagi obʻʻektga hujum uyushtirdi: chegaradan Visokiy qishlogʻigacha boʻlgan masofa 1850 km.

Avvalgi rekord – 1800 km – Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan may oyi oxirida, yadroviy zarba uchun erta ogohlantiruvchi radar stantsiyasi (Voronej radarlari) joylashgan Orenburg viloyatidagi Orsk shahriga hujum qilganda oʻrnatilgandi. Bungacha Ukraina dronlarining eng uzoqdagi nishoni Rossiya-Ukraina chegarasidan 1660 km uzoqlikda joylashgan Boshqirdiston Respublikasining Salavat shahridagi obʻʻekt boʻlgan.

Mash maʻʻlumotlariga koʻra, Murmansk viloyatiga hujum qilgan dron Chernigovdan uchirilgan boʻlishi mumkin. Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, xuddi shunday A22 “Uchar tulki” rusumli uchuvchisiz uchoq bir kun avval mintaqada koʻrilgan. Murmansk va Apatit aeroportlarida reyd tufayli havo hududidan foydalanishga cheklovlar joriy etildi.

Aslida, bilvosita yoʻnalishni hisobga olgan holda, dron taxminan 2000 km masofani bosib oʻtgan va bu Rossiya havo mudofaasi tizimidagi "katta tirqishlar" tufayli sodir boʻldi, deb yozadi “Voennyy osvedomitelʻ”. “Bunday uzoq masofaga havo hujumidan mudofaa zonalari xaritalari va ularning radarlari ishlashini hisobga olgan holda yaxshi ishlab chiqilgan marshrut tufayli uchib oʻta olgan”, deb taʻʻkidlaydi kanal muallifi.

Mavzuga aloqador