Afgʻoniston Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi oʻtgan yildagi faoliyati, jumladan, ayollar savdosi va musiqaga qarshi kurash natijalari haqida hisobott berdi. Jumladan, ayollar savdosi bilan bogʻliq 205 ta jinoyatning oldi olingan, 25 ta vino zavodi yopilgan, 21 mingdan ortiq musiqa asbobi yoʻq qilingan.

Afgʻoniston Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi oʻtgan yildagi faoliyati, jumladan, ayollar savdosi va musiqaga qarshi kurash natijalari haqida hisobott berdi.

Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, qizlar boshqa oilalarga nizolarni hal qilish uchun turmushga berilayotgan 300 dan ortiq majburiy nikoh holatlarining oldi olingan. Bundan tashqari, ayollar savdosi bilan bogʻliq 205 ta jinoyatga barham berilgan.

Vazirlik Afgʻonistonda taqiqlangan amaliyotlarga qarshi kurash haqida ham maʻʻlumot berdi. Xususan, oʻtgan yil davomida:

21 mingdan ortiq musiqa asboblari yoʻq qilindi;

25 vino zavodi yopildi;

bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan materiallarning 90 foizi tsenzuradan oʻtkazildi;

tumor yasash va jodugarlik bilan shugʻullangan mingga yaqin odam hibsga olinib, sudga tortildi.

Mavzuga aloqador