Toqaev: Ostona Qozogʻiston-Tojikiston munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish niyatida
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Ikki tomonlama muzokaralarda davlatlar oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada kengaytirish, oʻzaro savdo aloqasini 2 mlrd dollarga etkazish masalalari muhokama qilindi. “Ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash boʻyicha birgalikdagi saʻʻy-harakatlarimiz butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror oʻsish va barqarorlikni taʻʻminlashga xizmat qiladi”, — dedi Toqaev tashrif davomida.
Qozogʻiston
va Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar deyarli barcha yoʻnalishlarda yuksalishga qarab
muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart
Toqaev Tojikiston
prezidenti Emomali
Rahmon bilan Dushanbeda boʻlib oʻtgan uchrashuvda aytib oʻtdi.
Millat saroyida (Toj. Qasri Millat) Dushanbega davlat tashrifi bilan kelgan Toqaevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Qozogʻiston prezidenti
koʻp qirrali qozoq-tojik sherikchiligini
mustahkamlashda mustahkam asos boʻlib xizmat qilayotgan oliy darajadagi muntazam
uchrashuvlarga katta ahamiyat berishini taʻʻkidladi.
“Biz ishonchli ittifoqchilarmiz. Biz Tojikistonning
Qozogʻistonga munosabatini yuqori baholaymiz. Lekin yarim yoʻlda toʻxtab
qololmaymiz, oldinga intilishimiz kerak. Binobarin, ushbu tashrifdan koʻzlangan maqsad
hamkorligimizni rivojlantirishga eng jiddiy darajada turtki berishdir. Bugun Ittifoqchilik munosabatlari
toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanadi. Ushbu hujjat tarixiy ahamiyatga ega. Shuning uchun
bizni qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan mazmunli fikr almashishimizga ishonaman”,
— dedi Qozogʻiston rahbari.
Muzokaralar chogʻida savdo-iqtisodiy, tranzit-transport,
energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik, shuningdek,
raqamlashtirish, qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi oʻzaro sherikchilik masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng rasmiy delegatsiyalar aʻʻzolari
ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar
davom etdi.
“Ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash boʻyicha
birgalikdagi saʻʻy-harakatlarimiz butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror oʻsish
va barqarorlikni taʻʻminlashga xizmat qiladi”, — dedi Toqaev.
Qozogʻiston prezidenti
Tojikistonga davlat tashrifidan asosiy maqsad qozoq-tojik xalqlarining doʻstlik va oʻzaro yordam
munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishdek umumiy maqsadga
erishish ekanligini taʻʻkidladi.
“Biz oʻzaro savdo hajmini 2 milliard dollarga etkazishni
maqsad qilganmiz. Bu koʻrsatkichga erishish uchun imkoniyatlar mavjud, deb
hisoblayman”, — dedi Toqaev.
Ayni paytda,
Tojikiston prezidenti Emomali
Rahmon ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi davlatlararo
hamkorlikni uzoq muddatli istiqbolda sifat jihatidan mustahkamlashini
taʻʻkidladi.
“Ishonchim komilki, bu xalqlarimizning tub manfaatlariga javob
beradi. Sizning bugungi tashrifingiz bir qator parallelʻ tadbirlar bilan birga
oʻtmoqda. Bular Qozogʻiston madaniyati kunlari, qozoq kinosi kunlari, ikki davlat
ziyolilari, olimlari, ayollari, yoshlari, tadbirkorlari ishtirokidagi tadbirlardir.
Ular mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik, yaqinlik,
oʻzaro hamjihatlik va hamkorlikni kengaytirishning namoyishiga aylandi”, — dedi
Tojikiston rahbari.