Isroilga energiya tashuvchilarini etkazib berayotgan kompaniya va davlatlar Gʻazodagi harbiy jinoyatlarga sherik sifatida ayblanishi mumkin. Ular orasida Qozogʻiston, Ozarbayjon, Albaniya va boshqa mamlakatlar bor.

Isroilga energiya etkazib beruvchi davlatlar va kompaniyalar Gʻazodagi urush jinoyatlariga sherik boʻlishi mumkin, deb yozadi Arab News. 

Oil Change International tashkiloti ekspertlari oʻzlarining "Barrel soyasida: Isroilga yoqilgʻi etkazib beruvchi mamlakatlar va kompaniyalarga nistaban yangicha qarash" hisobotida shunday xulosaga kelishdi. 

Hisobot mualliflari Xalqaro sudning Isroilning genotsid jinoyatiga aloqador boʻlishi mumkinligi, Falastin erlarining ishgʻol etilishi esa xalqaro huquq boʻyicha noqonuniy ekanligi taʻʻkidlangan qarorlarini keltirib oʻtgan.  

Tadqiqotda aytilishicha, Gʻazo sektorida urush boshlanganidan buyon neftʻ va neftʻ mahsulotlari ortilgan 65 ta tanker Isroilga kirib kelgan, ulardan 35 tasi 2024 yil 26 yanvarida Xalqaro sud Isroilning genotsidga aloqadorligini ehtimoliy deb eʻʻlon qilganidan keyin yuborilgan. 

Isroilga eksport qilinadigan uglevodorodlarning 66 foizdan ortigʻi 6 ta kompaniya – Chevron, BP, ExxonMobil, Shell, Eni va TotalEnergies hissasiga toʻgʻri keladi.  

Hisobot mualliflari Tel-Avivni energiya bilan taʻʻminlovchi davlatlar qatorida Qozogʻiston, Braziliya, Ozarbayjon, Albaniya va Evropa Ittifoqi mamlakatlarini tilga olishgan.  

Tahlilchilar, shuningdek, Isroil koʻmir isteʻʻmolining yarmidan koʻprogʻini etkazib turgan Kolumbiya unga ushbu yoqilgʻini etkazib berishni toʻxtatish qarorini ham qayd etdilar.

Mavzuga aloqador