Lukashenkoning gaplari tufayli Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning “Rossiya” telekanaliga bergan intervʻyusida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Qozogʻiston haqidagi gaplari tufayli Belarusning Ostonadagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Lukashenko oʻz intervʻyusida “Qozogʻistonda nimalardir roʻy berganida, Xitoy, Hindiston yoki Pokistondan emas, Minsk va Moskvadan yordam soʻraganini iddao qildi. U intervʻyuda Oʻzbekistonni ham tilga oldi.
Belarus
prezidenti Aleksandr Lukashenkoning “Rossiya” telekanaliga bergan intervʻyusida Qozogʻiston
haqidagi gaplari tufayli Belarusning Ostonadagi elchisi Pavel Utyupin Tashqi ishlar
vazirligiga chaqirildi.
“Qozogʻiston
BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy meʻʻyorlariga muvofiq muvozanatli va
tinchliksevar tashqi siyosat olib boradi, mamlakatimiz davlatlar oʻrtasidagi barcha
kelishmovchiliklar siyosiy va diplomatik yoʻllar bilan hal etilishi lozimligiga
qatʻʻiy ishonadi”, — dedi Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari oʻrinbosari
Murat Nurtleu.
Ostona joriy geosiyosiy sharoitda Qozogʻiston hukumati
tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat kursi oʻz samarasini isbotlaganini
taʻʻkidladi.
Aleksandr Lukashenko bir qator sobiq ittifoq respublikalari, xususan, Qozogʻistonning
tashqi siyosatini tanqid qilgandi.
“Biz
ayrim sobiq ittifoq davlatlari kabi ayyorlik qilishni boshlaganimiz yoʻq. Rossiyadan
nimadir olishni xohlashadi, oʻrniga esa hech narsa bermaslikni. . <...>
Bunaqasi ketmaydi. Keling, birga boʻlamiz! Yana oʻsha Rossiyaga kelib, koʻmak va
yordam soʻraydigan vaqt yaqin”, - dedi siyosatchi.
Lukashenko
“Qozogʻistonda nimadir boʻlganida”, Ostona Xitoy, Hindiston yoki Pokistonga emas,
Moskva va Minskka murojaat qilganini taʻʻkidladi.
“Mana,
"Putin, Lukashenko, yordam
bering!" Va biz
u erga yarim kunni ichida [KXShT tinchlikparvar kuchlarini] tashladik – samolyotlarimiz Qozogʻistonga qoʻndi. Bosib qoʻyishdi”, - deya
taʻʻkidladi u.
Lukashenko oʻz nutqida Oʻzbekistonni ham tilga oldi:
“Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻz mollari bilan Amerikada yoki Evropada kutyaptimi?”