22.08.2024 18:00

Gʻarb hijobni taqiqlashni bilmaydimi?

15-22 iyulʻ kunlari boʻlib oʻtgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida oʻzbekistonlik oʻquvchi qiz gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Qariyb oʻttiz yil davomida ayol-qizlarning taʻʻlim olish va mehnat qilishi uchun roʻmolni echishi talab qilingan, biroq soʻnggi davrda biroz engilliklar berilishi ortidan jamiyatda mastura ayol-qizlarning dunyoviy bilimlardan kuchli salohiyatga ega ekanliklari tobora oshkor boʻlmoqda. 

Biroq, islomofoblar tomonidan, haligacha milliy va diniy urf-odatimiz, anʻʻanalarimiz va madaniyatimizni kamsitish, uni obroʻsizlantirish, kerak boʻlsa, taqiqlash maqsadida din bilan dunyoviy manfaatlarini qarama-qarshi qoʻyish, dunyoviy muvaffaqiyatning garovi sifatida dindan yuz oʻgirish kerakligi uqtirib kelinmoqda. Buning uchun esa turli sabablar koʻrsatiladi.

Nobelʻ mukofoti sovrindorlari orasida bironta musulmonning yoʻqligi qoʻshtirnoq ichidagi ana shunday sabablardan biri sifatida koʻrsatiladi. 

Darhaqiqat, zamonaviy dunyoviy fanlar boʻyicha olamshumul yutuqlarni taqdirlab boruvchi eng taniqli mukofot boʻlgan Nobelʻ mukofotining orasida musulmonlar deyarli yoʻq. Birinchidan, bu islom dinining muammosimi? Ikkinchidan, bu islom dinidan voz kechish yoki diniy fonni kamaytirishga asosli sabab boʻladimi? Uchinchidan, Nobelʻ mukofoti haqiqatdan ham inson saodatining ramzimi? Keling shu savollarga javob izlab koʻraylik.

Nobelʻ mukofotiga 1901 yilda asos solingan boʻlib, har yili fizika, kimyo, adabiyot va tinchlik kabi yoʻnalishlarda olamshumul ishlarni bajargan olimlarni taqdirlab keladi. Bugungi kunga qadar Nobel mukofoti sovrindorlari eng koʻp AQSh (411 nafar), Britaniyadan (137), Germaniya (115) davlatlariga toʻgʻri keladi. Musulmon mamlakatlari orasida Tunis, Turkiya, Eron, Pokiston, Jazoir davlatlaridan 2 nafardan, Bangladesh, Iroq, Livan, Marokash, Falastin va Yaman davlatlaridan bir nafardan olimlar ushbu mukofotni qoʻlga kiritganlar. Umuman olganda, Nobelʻ mukofoti sovrindorlarining yarmidan koʻpi AQSh, Britaniya va Germaniya mamlakatlariga toʻgʻri keladi. 

Xoʻsh, Nobelʻ mukofoti olganlar sonining koʻpligi mamlakat iqtisodiyotining ramzimi? Xalqaro valyuta fondining maʻʻlumotlariga koʻra, Nobelʻ mukofotini eng koʻp qoʻlga kiritgan AQShning nominal yalpi ichki mahsuloti hajmi 2023 yilda 26.9 trillion AQSh dollarini tashkil etgan. Ikkinchi oʻrinni esa, 19.4 trillion AQSh dollari bilan Xitoy egallagan. Vaholanki, bugungi kunga qadar 411 nafar amerikalik olim Nobelʻ mukofotini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Xitoydan atigi 8 nafar olim ushbu yutuqqa sazovor boʻlgan. Vaholanki, iqtisodiy jihatdan Xitoydan yuz barobar kam salohiyatga ega boʻlgan Vengriya davlatidan Xitoyga nisbatan ikki barobar koʻp olim Nobelʻ mukofotini qoʻlga kiritgan. 

Shu tariqa tahlilni davom ettirsak Nobelʻ mukofoti sonining mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va undagi insonlarning baxt koʻrsatkichlari bilan deyarli aloqasi yoʻqligi maʻʻlum boʻladi. Biroq, mamlakatning ilm-fan va innovatsiyalarga sarflagan harajati miqdori bilan Nobelʻ mukofotini olganlar sonining nisbati oʻrtasidagi aloqani koʻrish mumkin. Masalan, AQSh hukumati har yili qariyb bir trillion AQSh dollariga teng mablagʻni ilm-fan rivoji va innovatsiyalarga yoʻnaltiradi. Ehtimol, AQSh hukumati bizning yoʻldan borib, ayol-qizlarni roʻmolini echtirish metodini qoʻllaganida balkim bundan ham koʻp amerikalik Nobelʻ mukofotini olar edi-yu, faqat amerikaliklar bizning taktikamizdan hali voqif emasdirlar.

Hozirda yoshlarning ilmiy salohiyati, dunyoqarashi va mahoratini oʻlchovchi koʻplab xalqaro mezonlar bor. Butunjahon nemis tili olimpiadasidan tashqari, bugun minglab mastura ayol-qizlarimiz IELTS, SAT kabi sertifikatlarni, dasturiy injiniring, sport va sanʻʻat sohasida ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritayotgani rost. Ushbu natijalar, albatta, bizning oʻttiz yillik ishonchimizning xato boʻlganini koʻrsatib berdi. Ehtimol, Nobelʻ mukofoti sovrindorlarini koʻpaytirish uchun AQSh bizning taktikamizdan emas, biz AQShning taktikasidan foydalansak yaxshiroq natijalarga erisharmiz?

Masalaning yana bir jihati shundaki, Nobel mukofotini olish yoʻlidagi saʻʻy-harakatlarimizni “musulmonlar orasidan Nobelʻ sovrindorlari chiqmagan” degan mezon bilan boshlasak hamda shu sababdan diniy erkinliklarni cheklash, milliy va diniy qadriyatlarimizni obroʻsizlantirish kabi murosasiz yoʻldan borsak, davlat sifatida dindan yuz oʻgirsak, kino, teatr, sport va boshqa koʻngilochar sohalarga ham huddi shu usuldan ketishimiz kerak edi. Zero, bugungacha birorta futbolchining mahoratli oʻyini uchun Nobelʻ olganini koʻrmaganmiz. Biroq, davlat sifatida madaniyat va sport sohasiga hazilakam mablagʻ sarflanayotgani yoʻq.

Aslini olganda, Nobelʻ bir bahona, asl muammo esa islomofobiya ekanligi kunday ravshan. Ammo, mamlakatda Nobelʻ sovrindorlarining koʻpligining oʻzi jamiyatga farovonlik keltirishga asos emasligi maʻʻlum. 

Kuni kecha dunyoning eng boy kishisi, Tesla, SpaceX kabi yirik yuqori texnologik kompaniyalar egasi boʻlgan amerikalik tadbirkor Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda “mening oʻgʻlim oʻldi” deb bayonot berdi. Maskning davosiga koʻra, aldov yoʻllari bilan uning oʻgʻlini jinsiy etilishini oldini oluvchi vositalarni qabul qilishga koʻndirishgan. Aks taqdirda, oʻgʻli oʻziga suiqasd qilishi mumkinligidan ogohlantirilgan. Natijada, Ilonning erkak boʻlib etisholmagan oʻgʻli jinsini oʻzgartirib, oʻzini ayol deb eʻʻlon qilgan. 

Ilon AQShning jins bilan bogʻliq siyosatini “virus” deb baholab, uni “zamonaviy tsivilizatsiya”ga tahdid deb bayonot bergan. Maskka koʻra, bunday virus aslida “insonlarni tafriqaga ajratib, oʻzaro adovat va oʻzini yomon koʻrish" urugʻini sepadi. Ilon Mask oʻzi yashaydigan, AQShning eng taraqqiy etgan shtatlaridan biri boʻlgan Kaliforniyada, agar maktab oʻquvchisi oʻz jinsini oʻzgartirishni istasa va unga harakat qilsa, bu haqda ota-onani ogohlantirishni taqiqlovchi qonun qabul qilinganidan keyin, ushbu shtatdan koʻchib ketishga qaror qilganini ham maʻʻlum qildi. 

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, jamiyatning taraqqiyoti, unda yashayotgan insonlarning baxt-saodati faqatgina Nobelʻ mukofotida yoki boylikda emas, balki uning insoniylik, goʻzal-xulq atvor, qadriyatlar bilan ziynatlanishida hamdir. Shuning uchun ham, insonni iqtisodiy farovon qilish uni maʻʻnaviyatidan mosuvo qilish bilan boʻlmasligi kerak.

Balki, toʻgʻri imkoniyatlar berilsa, maʻʻnan komil insonlar qadriyatli jamiyatni barpo etishga katta hissa qoʻshadi. Zero maʻʻnaviyatli insonlardan bolalarni “oʻldiruvchi” siyosatchilar chiqmaydi.


Mavzuga aloqador