-
Milliarderlar soni va boyligi har qachongidan ham koʻpaydi. Forbes maʻʻlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha milliarderlar soni oʻtgan yilga nisbatan 141 nafarga oshdi. Ularning umumiy boyligi esa bir yilda 2 trillion dollarga oshib, 14,2 trillion dollarga etdi. Milliarderlar roʻyxatidan bu yil Rossiyaning 125, Turkiyaning 27, Qozogʻistonning 6 nafar fuqarosi oʻrin egalladi.
-
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir avtomobili yoʻl-transport hodisasiga uchrab, jarohat oldi. Vazir oʻzining falastinliklarga qarshi keskin qarashlari va Al-Aqso masjidiga bosqinlardagi ishtiroki bilan mashhur.
-
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan davlatlar mudofaa va urush uchun rekord darajada mablagʻ ajratishni boshladi. 2023 yilda dunyo miqyosida qurollanishga 2,446 trillion dollar sarflangan boʻlsa, birinchi beshlikdagi AQSh, Xitoy, Rossiya, Hindiston va Saudiya Arabistoni mudofaa va urush xarajatlariga jami 1,480 trillion dollardan ziyod mablagʻ yoʻnaltirgan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 203 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Turkiy davlatlar qoʻshma kichik CubeSat sunʻʻiy yoʻldoshini ishlab chiqish uchun maxsus muhandislar guruhini tuzishni rejalashtirmoqda. Mazkur jamoa oʻz faoliyatini Qozogʻistondagi tadqiqot markazida amalga oshiradi.
-
Yevroparlament Rossiyada prezidentlik saylovlari nodemokratik tarzda o‘tgani haqida rezolyutsiya qabul qildi.
-
Yuzlab tojikistonliklar bir necha kundan buyon Rossiya-Qozogʻiston davlat chegaralari oʻrtasidagi betaraf hududda qolib ketmoqda. Rus chegarachilari tizimda nosozlik roʻy berganini aytib, ularni ortga qaytarmoqda, ayni paytda bolalar, 60 yoshdan oshganlar va boshqa davlatlar fuqarolarini oʻtkazib yubormoqda. Ortga qaytmoqchi boʻlganlardan esa qozoq chegarachilari Rossiyaga kiritilmagani toʻgʻrisida hujjat talab qilib, oʻtkazmayapti.
-
Isroil armiyasi Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shahridan chiqib ketishi ortidan Nosir kasalxonasi hududida uchta ommaviy qabr topildi. Ulardan jami 392 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalarning jasadlari chiqarib olindi. Baʻʻzi jasadlarda qiynoq va qatl alomatlari bor.
-
Qirgʻiziston Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Agdam tumani Xidirli qishlogʻida oʻz hisobidan maktab quradi. Sadir Japarov va Ilhom Aliev birgalikda ushbu maktabning tamal toshini qoʻydi. Davlat rahbarlari Agdam shahrining qayta tiklangan tarixiy Juma masjidining ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.
-
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin yillarda mamlakatda xodimlar va malaka etishmasligi muammosi kuzatilishini maʻʻlum qildi. U mehnat bozorida yaqinlashib kelayotgan xodimlar tanqisligini past malakali muhojirlar hisobidan qoplashni taqiqladi. "Bizga boshqa yondashuvlar kerak", - dedi Rossiya prezidenti.