30.09.2024 15:05

Hizbulloh yangi bosh kotib tayinlangani haqidagi xabarlarni rad etdi



Livandagi Hizbulloh harakati Hasan Nasrulloh oʻlimidan soʻng harakat ijroiya kengashi raisi Hoshim Safiyiddinning bosh kotib lavozimiga tayinlanganini rad etdi. Harakat Hizbulloh rahbariyatining rasmiy bayonotiga qadar bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Livandagi Hizbulloh harakati Hasan Nasrulloh oʻlimidan soʻng harakat ijroiya kengashi raisi Hoshim Safiyiddinning bosh kotib lavozimiga tayinlanganini rad etdi, deya xabar qildi Anadolu.

Hizbulloh yozma bayonotida baʻʻzi matbuotda yangi bosh kotib tayinlanishi haqidagi xabarlarning hech qanday ahamiyati yoʻqligini taʻʻkidladi.

“Baʻʻzi ommaviy axborot vositalarida bosh kotib (Hasan Nasrulloh) shahid boʻlganidan keyin Hizbulloh rahbariyatidagi tashkiliy tartib-qoidalar haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqiy emasligini aniq aytmoqchimiz”, — deyiladi bayonotda.

Bayonotda, shuningdek, Hizbulloh rahbariyatining bu boradagi ishlari davom etayotgani taʻʻkidlanadi.

Hizbulloh harakat rahbariyatining rasmiy bayonotiga qadar bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Al Arabiya va boshqa nashrlar Hizbulloh Shoʻro kengashi (asosiy boshqaruv organi) marhum Hasan Nasrullohning amakivachchasi va eronlik general Qosim Sulaymoniyning kuyovi Hoshim Sayfuddinni harakat rahbari etib tayinlagani haqida xabar qilgan edi.

Mavzuga aloqador