Milliarderlar soni va boyligi har qachongidan ham koʻpaydi. Forbes maʻʻlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha milliarderlar soni oʻtgan yilga nisbatan 141 nafarga oshdi. Ularning umumiy boyligi esa bir yilda 2 trillion dollarga oshib, 14,2 trillion dollarga etdi.

Hozirda milliarderlar har qachongidan ham koʻp: jami 2781 nafar, oʻtgan yilga nisbatan 141 nafarga va 2021 yilgi rekorddan 26 nafarga koʻp, deya xabar bermoqda Forbes jurnali.

Ular har qachongidan ham boyroq boʻlib, umumiy boyligi 14,2 trillion dollarni tashkil etdi, bu 2023 yildan 2 trillion dollarga koʻp, 2021 yilda oʻrnatilgan avvalgi rekorddan esa 1,1 trillion dollarga yuqori.

Hozirda AQSh umumiy boyligi 5,7 trillion dollar boʻlgan 813 nafar milliarder bilan rekord koʻrsatkichga ega. Ikkinchi oʻrinda Xitoy (shu jumladan Gonkong) 473 milliarder bilan jami kapitali 1,7 trillion dollarni tashkil etadi.

Forbes jurnalining 2024 yil uchun eng boy odamlar roʻyxatidan Rossiyaning 125, Turkiyaning 27, Qozogʻistonning 6, Ukrainaning 5 va Armanistonning 1 nafar fuqarosi oʻrin egallagan.

Rossiyaning Forbes roʻyxatini ozarbayjonlik Vagit Alekperov boshqaradi, yana bir qancha Ozarbayjon fuqarolari, masalan, God Nisanov va Zaxar Iliev ham asosiy aktivlari Rossiyada joylashgani sababli unga kiritilgan.

Rossiya roʻyxatida bir yil avvalgiga qaraganda 15 nafar koʻproq milliarder bor. Rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi oʻtgan yilgi 505 milliard dollardan 576,8 milliard dollarga oshgan.

Turkiyada milliarderlarning umumiy daromadi 56,1 milliard, Qozogʻistonda 25,4 milliard, Ukrainada 9,4 milliard, Armanistonda 1,1 milliard dollarni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, rossiyalik milliarderlarning kapital tuzilmasi iqtisodiyotning xomashyo tarmoqlaridan olingan daromadlar hisobiga, turk milliarderlarining kapitali esa ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, texnologiya va boshqalar sektoridan shakllanadi.

Mavzuga aloqador