26.04.2024 07:33

Putin xodimlar tanqisligini mehnat muhojirlari hisobidan qoplashni taqiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin yillarda mamlakatda xodimlar va malaka etishmasligi muammosi kuzatilishini maʻʻlum qildi. U mehnat bozorida yaqinlashib kelayotgan xodimlar tanqisligini past malakali muhojirlar hisobidan qoplashni taqiqladi. "Bizga boshqa yondashuvlar kerak", - dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya mehnat bozorida yaqinlashib kelayotgan kadrlar taqchilligini xorijlik past malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga qoplashga yoʻl qoʻyilmasligiga ishora qildi, deya xabar bermoqda Islam News.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, yaqin yillarda Rossiyada kadrlar va malaka etishmasligi kutiladi. Bunday kamomadni past malakali mehnat muhojirlari qoplaydigan yondashuvni Putin notoʻgʻri deb atab, bu muammoni hal qilishda yordam bermasligini taʻʻkidladi.

"Bizga boshqa yondashuvlar kerak", - dedi Rossiya prezidenti.

Avvalroq ishgʻol qilingan Qrimda transport, ishlab chiqarish, IT, sport, dam olish va boshqa sohalarda chet el fuqarolarining ishlashi taqiqlangan edi. Shuningdek, Novosibirsk, Samara va Yoqutistonda ham bir qator sohalar mehnat muhojirlari uchun “yopildi”.

Shuningdek, “Krokus Siti Xoll”dagi fojiadan soʻng rossiyaliklarning 55-60 foizi mehnat muhojirlariga nisbatan “aniq salbiy” fikrga kelgani maʻʻlum boʻldi. Sakkiz oy muqaddam bu koʻrsatkich 40 foizni tashkil etgandi.

Mavzuga aloqador