26.04.2024 13:45

Bombalanayotgan Gʻazo: 203-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 203 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageri va Gʻazo shahriga hujum qildi. Bir kunda 43 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon jami 34305 kishi halok boʻlgan.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Xalil, Ramallah va Nablusga bostirib kirib, oʻnlab falastinliklarni, jumladan ayollarni hibsga oldi. Yoshlar Nablusda bosqinchilar bilan jangga kirishdi.

▪️ 7 oktyabrdan buyon Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda kamida 8430 nafar falastinlikni hibsga oldi. Aprelʻ oyi boshida Isroil qamoqxonalarida 3660 dan ortiq falastinlik, jumladan ayollar va bolalar maʻʻmuriy hibsda saqlanmoqda.

▪️ Isroil qoʻshinlari tark etgan Gʻazodagi Nosir kasalxonasi hududidan uchta ommaviy qabr topildi. Ulardan 392 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalarning jasadlari chiqarib olindi. Marhumlarning 20 nafari tiriklay koʻmib yuborilgan.

▪️ Kuni kecha 1100 nafar yahudiy koʻchmanchi muqaddas Al-Aqsi shahrini tahqirladi.

▪️AQSh Davlat departamenti kotibi Hala Garit Gʻazodagi urushga qarshi norozilik belgisi sifatida isteʻʻfoga chiqdi.

▪️ AQShda talabalarning tobora kuchayib borayotgan noroziliklari fonida politsiya shafqatsizlik bilan namoyishlarni bostirmoqda, koʻplab talabalar, shuningdek, bir qancha professorlar hibsga olindi.

▪️ HAMAS siyosiy byurosi aʻʻzosi Izzat al-Rishq: “Prezident Bayden boshchiligidagi Amerika maʻʻmuriyati shaxs huquqlari va soʻz erkinligi huquqini poymol qilmoqda. AQSh politsiyasi Falastin xalqimiz Gʻazo sektorida neonatsist sionistlar qoʻlida amalga oshirilayotgan genotsidga qarshi boʻlgan universitet talabalari va professorlarini hibsga oldi. Bugungi talabalar kelajakning etakchilari va ularni bugun bostirish Bayden maʻʻmuriyati ertami kechmi toʻlaydigan yuqori narxni bildiradi”.

Mavzuga aloqador