30.09.2024 17:06
Sudan: Vabo epidemiyasi, suv toshqinlari va fuqarolik urushi
Sudan: Vabo epidemiyasi, suv toshqinlari va fuqarolik urushi
Sudanda 2023 yil aprelidan beri davom etayotgan fuqarolar urushi, shuningdek, vabo epidemiyasi va yirik suv toshqinlari qurbonlari soni ortmoqda. Qurolli toʻqnashuvlarda 20 mingdan ortiq musulmon halok boʻlgan boʻlsa, suv toshqinlaridan 225, vabodan 535 kishi hayotdan koʻz yumdi.
Armiya va Tezkor kuchlar oʻrtasidagi 17 oydan ortiq davom etgan toʻqnashuvda 20 mingdan ortiq odam halok boʻldi. Sudandagi urush dunyodagi eng yirik gumanitar inqirozni keltirib chiqardi va bu mamlakat aholisining qariyb yarmini tashkil etuvchi 25 million kishini shoshilinch yordamga muhtoj qilib qoʻydi.
Asosiy janglar poytaxt Xartum, mamlakatning markaziy qismidagi Jezira va Sinnara shtatlari, shuningdek, gʻarbdagi Darfur shtatida boʻlib oʻtmoqda. 8 millionga yaqin odam oʻz uylarini tashlab, xavfsizroq shimoliy va sharqiy shtatlarga boshpana topishga majbur boʻldi.
Kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari
Iyunʻ oyidan beri mamlakatning boshqa hududlari kabi ichki koʻchirilganlarni qabul qilgan hududlar ham yirik suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda.
Kuchli yomgʻirlar 18 shtatdan 11 tasida zarar koʻrdi, 225 kishi halok boʻldi. Suv toshqinlari 35 794 ta uyni butunlay vayron qilgan va yana 40 781 tasi qisman zarar koʻrgan.
Vabo epidemiyasi
Kuchli yomgʻir va suv toshqinlari yuqumli kasalliklar, jumladan, vaboning tarqalishiga sharoit yaratmoqda.
12 avgust kuni Sudan hukumati vabo epidemiyasi haqida eʻʻlon qildi.
Iyunʻ oyidan beri vabo 535 kishining hayotiga zomin boʻldi, ushbu infektsiya bilan kasallanganlar soni 17 411 nafarga etdi.
Denge isitmasi
Mamlakatning beshta shtatida denge bezgagi bilan kasallanish holatlari ham qayd etilgan. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 378 kishiga etdi, ikki kishi ushbu kasallikdan vafot etdi.
Mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimi kasodga yuz tutgani sababli sudanliklar tibbiy yordam olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.