Turkiy davlatlar qoʻshma CubeSat sunʻʻiy yoʻldoshini ishlab chiqadi
Turkiy davlatlar qoʻshma kichik CubeSat sunʻʻiy
yoʻldoshini ishlab chiqish uchun maxsus
muhandislar guruhini tuzishni
rejalashtirmoqda. Mazkur jamoa oʻz faoliyatini Qozogʻistondagi tadqiqot markazida
davom ettiradi.
Turkiy davlatlar tashkiloti qoʻshma kichik CubeSat (Kubsat) sunʻʻiy yoʻldoshini yaratish uchun maxsus muhandislar guruhini
shakllantirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda
Turkiya kosmik agentligi tomonidan tashkil etilgan Space
Technology Conference
anjumani doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) kosmik agentliklari
rahbarlarining 3-yigʻilishida ishtirok etish uchun Anqaraga kelgan TDT bosh kotibi oʻrinbosari
Mirvohid Azimov Anadolu
agentligiga maʻʻlum qildi.
Azimovning taʻʻkidlashicha, uchrashuv juda samarali va muvaffaqiyatli
oʻtgan. Mazkur uchrashuvda,
shuningdek, ikkinchi Turkiya kosmik oromgohining (Space Camp Turkiye) oʻtkazish joyi
boʻyicha fikr almashilgan. Birinchi Space Camp Turkiye oʻtgan yili Bursa shahrida
oʻtkazilgan edi.
Bunday tadbir yoshlarning kosmik fanlar boʻyicha xabardorligini
oshirishga yordam beradi, dedi TDT
bosh kotibi oʻrinbosari.
“Boshqa
tomondan, bunday tadbirlar yoshlarni birlashishga, hamjihatlik va umumiy kelajakka
ishonchni mustahkamlashga imkon beradi”, – dedi u.
CubeSat loyihasi turkiy davlatlar mutaxassislari jamoasi tomonidan
amalga oshiriladi
Azimovning eslatishicha, oʻtgan yili TDT turkiy davlatlarning qoʻshma sunʻʻiy
yoʻldoshini yaratishning texnik jihatlarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzgan.
“Biz hozir ushbu guruh faoliyati natijalarini muhokama
qilmoqdamiz. Uchrashuvda turkiy davlatlar nomidan mushtarak sunʻʻiy yoʻldosh ustida
ish olib boruvchi maxsus muhandislar guruhi tuzishga kelishib olindi. Bu jamoa oʻz faoliyatini
Qozogʻistondagi tadqiqot markazida davom ettiradi”, — dedi Azimov.
Bosh kotib oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, TDT ishtirokchi-davlatlari oʻz
mutaxassislarini Qozogʻistonga joʻnatadi va u erda ular guruh tarkibida tadqiqot
ishlari bilan shugʻullanadi.
“Bizning asosiy maqsadimiz OTG nomidan CubeSat`ni ishga
tushirishdir. Maqsad – ishtirokchi mamlakatlardagi ekologik sharoitlarni oʻrganish va
qator tadqiqotlar oʻtkazish”, — dedi u.
CubeSat - oʻlchamlari 10x10x10 sm va vazni 1,33 kg dan oshmaydigan kosmik
tadqiqotlar uchun kichik sunʻʻiy Er sunʻʻiy yoʻldoshlari formati hisoblanadi.