Mingga yaqin tojikistonliklar Rossiya-Qozogʻiston chegarasi oʻrtasida qolib ketdi
Yuzlab tojikistonliklar bir necha kundan buyon Rossiya-Qozogʻiston davlat chegaralari oʻrtasidagi betaraf hududda qolib ketmoqda. Rus chegarachilari tizimda nosozlik roʻy berganini aytib, ularni ortga qaytarmoqda, ayni paytda bolalar, 60 yoshdan oshganlar va boshqa davlatlar fuqarolarini oʻtkazib yubormoqda. Ortga qaytmoqchi boʻlganlarni esa qozoq chegarachilari Rossiyaga kiritilmagani toʻgʻrisida hujjat talab qilmoqda.
Qozogʻistondan
Rossiyaga kirmoqchi boʻlgan yuzlab tojikistonliklar Qozogʻistonning Janubiy Ural va
Rossiyaning Orenburg viloyatlari chegarasidagi «Sargarchin» nazorat-oʻtkazish
punktida bir necha kundan beri qolib ketganidan shikoyat qilmoqda, deya xabar berdi
“Aziya-Plyus” nashri.
Rossiya
chegarachilari, ularning aytishicha, "tizimda nosozlik roʻy berdi" deyishmoqda,
biroq bolalar, qariyalar va boshqa davlat fuqarolarining kirishiga ruxsat berishmoqda.
Ayni
paytda, rus chegarachilari tojikistonliklardan betaraf hududni tark etib, Qozogʻistonga
qaytishni soʻramoqda. Qozogʻiston chegarachilari esa tojikistonliklar Rossiyaga
kiritilmaganiga asos boʻluvchi hujjat – aktni talab qilmoqda.
"Faqat
tojikistonliklarni kiritishmayapti"
Tojikistonlik
muhojirlar yoʻllayotgan videomurojaatlarda 22 apreldan buyon Qozogʻiston-Rossiya
chegarasida 180 ga yaqin tojik raqamlari boʻlgan avtomobillar, odamlar, jumladan, koʻplab
ayollar va bolalar qolib ketgani aytiladi.
"1000 ga yaqin tojikistonliklarni Rossiyaga kiritmayapti.
Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasida qolib ketdik. Boshqa fuqarolar kiritilyapti, faqat
tojikistonliklar kiritilmayapti.
180 ga yaqin mashina, aksariyati Tojikiston raqamlari. Har bir mashinada 5 dan
10-12 nafargacha yoʻlovchilar bor, aksariyati ayollar va
bolalar”, — dedi muhojirlardan biri.
Telefonlarini
tekshirib, soʻroq qilishmoqda
Muhojirlarning aytishicha, Rossiya hukumati Tojikistonning har
bir fuqarosini alohida soʻroq qilib, telefonlarini tekshirmoqda.
“Biz chegarachilardan nega oʻtishga ruxsat bermayapsizlar, deb soʻradik, ular tizim
ishlamayapti, deb javob berishdi. Faqat tojikistonliklarga ishlamayaptimi, deb
soʻrasak, bu sizlarning ishingiz emas, baringlar va kutinglar, deyishdi”, - deya
maʻʻlum qildi oʻrtada qolib ketgan tojikistonlik muhojirlardan biri.
Shuningdek,
uning qayd etishicha, nazorat-oʻtkazish punkti xodimlari 14 yoshgacha boʻlgan bolalar
va 60 yoshdan oshganlarni Rossiyaga navbatsiz oʻtkazmoqda, qolganlar esa turib
kutishga majbur boʻlmoqda.
Maʻʻlumotlarga
koʻra, 24 soat ichida har tomonlama oʻrganilgandan soʻng Rossiyaga atigi 10-12, ikki
kun ichida esa 20 ta mashina kiritilgan.
Tojik
muhojiri: “Bu er chang, suv va non yoʻq, odamlar uch qator mashinalarda oʻtirishibdi”.
Yana bir
fuqaro xayriyachilar oʻrtada qolib ketgan odamlarga oziq-ovqat va suv olib
kelishayotgani aks etgan video yubordi.
Hujjatlarini
yangilash uchun Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtgan tojikistonlik muhojirlardan biri
ham Rossiyaga kiritilmagani haqida yozdi. Uning soʻzlariga koʻra,
nazorat-oʻtkazish punktida unga: “Ichkaridan (Rossiya ichkarisini nazarda tutadi – tahr.)
buyruq boʻlmaguncha, Tojikiston fuqarolarini kiritmaymiz”, deyishgan.
“Krokus”
fojiasining oqibatlari
Rossiya Tojikiston fuqarolarining Orenburg chegarasi orqali
kirishiga cheklovlar bilan bogʻliq vaziyatning sababini hozircha tushuntirmadi. Tojikiston hukumati ham hozircha
bu masalada izoh bergani yoʻq.
Biroq, ayrim tojik muhojirlarining fikricha, bu harakatlarga “Krokus Siti Xoll”dagi qoʻporuvchilik sabab boʻlgan. Oʻshanda 11 nafar Tojikiston
fuqarosi gumondor sifatida ushlangan va hibsga olingan edi.
Rossiya tojik
muhojirlari mehnat qilish uchun boradigan asosiy davlatlardan biri. Biroq “Krokus”
fojiasidan soʻng ayniqsa tojikistonlik muhojirlar ustidan nazorat va bosim
kuchaygan.