27.04.2024 07:24

Isroil milliy xavfsizlik vaziri YTHga uchradi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir avtomobili yoʻl-transport hodisasiga uchrab, jarohat oldi. Vazir oʻzining falastinliklarga qarshi keskin qarashlari va Al-Aqso masjidiga bosqinlardagi ishtiroki bilan mashhur.

YTHga uchragan Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir engil jarohatlar olib qutulib qoldi, deya xabar bermoqda Kan radiosi. OAV maʻʻlumotlariga koʻra, avtomobilda undan tashqari qizi ham boʻlgan.

Taʻʻkidlanishicha, halokat Ramle shahrida (1948 yilgacha Falastin hududi boʻlgan) roʻy bergan. Yoʻl-transport hodisasidan soʻng oʻng qanot siyosatchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hodisa Ben-Gvirning hukumatdan HAMAS bilan kelishuvga erishish va Gʻazoda garovga olinganlarni qaytarishni talab qilayotgan isroilliklar bilan janjalidan koʻp oʻtmay sodir boʻldi.

Ben-Gvir Falastin xalqiga qarshi terrorga chaqiruvchi radikal bayonotlari va ishgʻol qilingan Quddusdagi Al-Aqso masjidiga isroillik koʻchmanchilarning bosqinlarida muntazam ishtirok etishi bilan mashhur.

Mavzuga aloqador