26.04.2024 09:38

Gʻazodagi Nosir kasalxonasida ommaviy qabrlardan chiqarilgan jasadlar soni 392 nafarga etdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shahridan chiqib ketishi ortidan Nosir kasalxonasi hududida uchta ommaviy qabr topildi. Ulardan jami 392 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalarning jasadlari chiqarib olindi. Baʻʻzi jasadlarda qiynoq va qatl alomatlari bor.

Isroil armiyasining Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasidan olib chiqib ketilishi ortidan Nosir kasalxonasi hududidagi uchta ommaviy qabrdan topilgan jasadlar soni 392 nafarga etdi.

Xon Yunus fuqarolik mudofaasi boʻlimi direktori Yamin Abu Sulaymon matbuot anjumanida Nosir kasalxonasi hududidagi ommaviy qabrlardan qidiruv ishlari davomida yana 58 kishining jasadi topilganini aytdi.

“Nosir kasalxonasi hududida 392 ta jasad boʻlgan 3 ta ommaviy qabr topildi. Baʻʻzi jasadlarda qiynoqlar va qatl izlari bor edi. Bizning taxminimizcha, ularning baʻʻzilari tiriklayin koʻmilgan”, - dedi Abu Sulaymon.

Abu Sulaymonning qoʻshimcha qilishicha, qidiruv tadbirlari davomida bolalarning jasadlariga ham duch kelingan. “Kasalxona hududidagi ommaviy qabrlarda bolalar jasadlari topilgani sababini hozircha bilmaymiz”.

“Isroil askarlari koʻplab jasadlarni polietilen paketlarga solib, kasalxona hududida 3 metr chuqurlikka koʻmgan. Bu parchalanish jarayonini tezlashtirgan va natijada 165 jasadning shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmadi”, - dedi u.

Abu Sulaymon xalqaro hamjamiyatni “inson huquqlari tashkilotlari va xalqaro ommaviy axborot vositalariga Isroilning Falastin xalqiga qarshi jinoyatlarini fosh qilish uchun hududga kirishiga ruxsat olishga” chaqirdi.

Fuqarolik mudofaasi guruhidan Muhammad Mugayr matbuotga Isroil harbiylari tomonidan oʻldirilganlarning plastik kishanlar bilan bogʻlangan jasadlari va qiynoqlar izlari aks etgan videoni taqdim etdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Nosir kasalxonasida topilgan jasadlar qiynoqlar va qatllarga uchragan degan shubhani uygʻotadi.

Topilgan jasadlarning Falastin xalqi tomonidan koʻmilgan boʻlishi mumkin emasligiga diqqat qaratgan Mugayr, jasadlarni tuproqning 3 metr chuqurlikda koʻmilishi azoliklar tomonidan qabul qilingan dafn qilish usullariga zid ekanligini qayd etdi.

Isroil armiyasi uzoq vaqt qamalda boʻlgan Xon Yunusdagi Nosir kasalxonasini butunlay ishdan chiqardi. Jumladan, 15 fevralʻ kuni uning hududida maxsus reyd oʻtkazdi. 24 mart kuni ham Isroil askarlari yana kasalxonani qurshab olib, koʻchirilgan koʻplab falastinliklar va tibbiyot xodimlarini hibsga oldi. 4 oylik ishgʻoldan soʻng nihoyat 7 aprelʻ kuni Xon Yunusdan chekindi. Qoʻshinlar olib chiqilgach, shaharda ommaviy qabrlar topildi, uylar vayronalari va yoʻl chetlaridan jasadlar yigʻila boshlandi.

Mavzuga aloqador