28.06.2024 17:00
Evropa ittifoqi Oʻzbekistonning 3 ta kompaniyasiga sanktsiya qoʻlladi
Oʻzbekistonning uchta kompaniyasi ham Evropa ittifoqining 14-sanktsiyalar paketidan joy oldi. Bu haqda Yeni Şafak nashri oʻz manbalariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklovlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur etkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar boʻlgan yana 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsni oʻz ichiga olgan.
Cheklovga uchragan yuridik shaxslar qatorida “Artek” bolalar oromgohi, Qodirov jamoat fondi, “Ural” aviakompaniyasi va “Sovkomflot” ham bor.
"Qora roʻyxat"ga Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston kompaniyalari ham kiritilgan. Jumladan, Qozogʻistonning Da Group 22, TOO Elem Group kompaniyalari, Qirgʻizistonning "Myuller Markt", "ProffLab" savdo kompaniyalari hamda Oʻzbekistonning 3 ta – Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC kompaniyalariga nisbatan jazo choralari qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, navbatdagi sanktsiya paketi quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
- sanktsiyalarni chetlab oʻtish uchun foydalaniladigan Rossiyaning “soya floti” deb ataladigan 27 ta kemasiga nisbatan cheklovlar;
- investitsiyalarni taqiqlash, Arctic STG 2 va Murmansk STG kabi STG loyihalarini yakunlash uchun tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni taqdim etish;
- EI oʻz aviakompaniyalariga Rossiyadan jismoniy va yuridik shaxslar buyurtma qilgan dunyo boʻylab charter va xususiy reyslarni amalga oshirishga taqiq;
- uchinchi mamlakatlarga harbiy texnikani sotuvchi Evropa kompaniyalari Rossiyaga reeksport xavfini aniqlash va baholash va ularni kamaytirishga qodir mexanizmlarni joriy etishlari kerak;
- Rossiyadan geliy importini va marganets rudalarini, bir qator plastmassa turlarini, noyob tuproq elementlarini va elektron komponentlarni Rossiyaga eksport qilishga taqiq;
- EIdagi siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar va media kompaniyalarning Rossiya hukumatidan pul olishiga taqiq;
- Rossiya bankining moliyaviy xabarlarni uzatish tizimi (SWIFTʻʻning ruscha analogi) boʻyicha chora-tadbirlar;
- rossiyaliklar tomonidan maʻʻlum turdagi intellektual mulkni Evropada roʻyxatdan oʻtkazishga taqiq;
sanktsiyalar qoʻllanishi natijasida Rossiya kompaniyalari tomonidan ularga etkazilgan zararni qoplashni talab qiladigan Evropa kompaniyalariga taqiq.