Kecha, 28 iyunʻ kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi aʻʻzolari bilan onlayn muloqotida koʻproq oʻrta va qisqa masofali yadroviy raketalar ishlab chiqarish kerakligiga eʻʻtibor qaratdi. 

Putin bunga AQShning butun dunyo boʻylab oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketa tizimlari mavjudligini misol qilib keltirgan.

"Qoʻshma Shtatlar nafaqat bu raketa tizimlarini ishlab chiqaradi, balki ularni Evropa va Daniyaga joylashtirdi. Ular yaqinda Filippinga ham shunday raketalarini joʻnatgan", – degan Putin.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya albatta javob choralarini koʻrishi kerak. 

"Aftidan, biz ham yadroviy kallaklarni olib yuruvchi raketalarni ishlab chiqarishimiz kerak. Keyin esa xavfsizligimizni taʻʻminlash uchun ularni qaerga joylashtirishni hal qilishimiz lozim", – degan Rossiya rahbari.

Maʻʻlumot uchun, 2019 yilda AQSh sobiq ittifoq bilan 1987 yilda imzolagan, 500 dan 5500 kilometrgacha uchishga qodir boʻlgan yadro raketalari toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqqandi.

Mavzuga aloqador