Xalqaro hayot

  • Malayziya Gʻazoga qoʻshin yuborishga tayyorligini bildirdi

    Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Gʻazoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun BMT ruxsati (mandati) talab qilinadi.

    Davomini o'qish...
    760
    03.07.2024 10:25
  • Isroil Gʻazoda bir kunda besh askarini yoʻqotdi

    Isroil soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorida besh askari halok boʻlganini eʻʻlon qildi va mamlakat hukumati tomonidan oʻlgan deb tan olingan jami harbiylar soni 674 nafarga, 7 oktyabrdan beri yaralangan askarlar soni esa 9000 nafarga yaqinlashdi. Shuningdek, Isroil armiyasidagi nogiron askarlarning umumiy soni oʻtgan oy birinchi marta 70 mingdan oshdi, ularning 35 foizi ruhiy salomatlik muammolari va 21 foizi jismoniy jarohatlar tufayli davolanmoqda. Haqiqiy raqamlar rasmiy statistikadan karrasiga ziyod boʻlishi mumkin.

    Davomini o'qish...
    656
    03.07.2024 09:15
  • BMT Pokistonni sobiq bosh vazir Imron Xonni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi

    BMTning Oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi Pokistonni sobiq bosh vazirning oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha toʻliq va mustaqil tergov oʻtkazilishini taʻʻminlashga chaqirdi.

    Davomini o'qish...
    627
    03.07.2024 08:30
  • Hindistonda diniy marosim vaqtidagi tiqilinchda 100 dan ortiq odam halok boʻldi

    Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras tumanidagi qishloqlardan birida mashhur voiz Bhole Babani tinglash uchun yigʻilgan olomon tiqilinch hosil qildi. Natijada eng kamidi 116 kishi halok boʻldi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Guvohlarning aytishicha, tiqilinchga odamlar ruhoniyga yaqinlashish va hokipoyini olishga intilishi sabab boʻlgan.

    Davomini o'qish...
    754
    03.07.2024 07:37
  • BAA hukumati fuqarolarni Evropaga sayohat qilmaslikka chaqirdi

    BAA hukumati oʻgʻirlik va talonchilik holatlari keskin ortgani munosabati bilan oʻz fuqarolarini Evropa davlatlariga safar qilmaslikka chaqirdi. Safarini bekor qilish imkoni boʻlmaganlarga “oʻta hushyor va ehtiyotkor boʻlish” tavsiya qilinib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekani taʻʻkidlandi.

    Davomini o'qish...
    856
    02.07.2024 15:43
  • BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi

    1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi. Rossiya raisligidagi asosiy tadbirlar oy oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda hamda ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan hamkorligiga bagʻishlanadi.

    Davomini o'qish...
    651
    02.07.2024 14:35
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 270-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 270 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    658
    02.07.2024 13:32
  • Tolibon AQSh pozitsiyasini olqishladi

    Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda AQSh boshqa bir qator mamlakatlar bilan birga Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga vaʻʻda berdi. Tolibon ushbu vaʻʻdani olqishladi. “Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - dedi Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid.

    Davomini o'qish...
    812
    02.07.2024 12:29
  • Bild Isroilning Livanga ehtimoliy bostirib kirishi sanasini maʻʻlum qildi

    Bild nashri maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil iyulʻ oyining ikkinchi yarmidayoq Livan janubida “Hizbulloh” harakatiga qarshi harbiy amaliyotni boshlashi mumkin.

    Davomini o'qish...
    772
    02.07.2024 10:15
  • Dushman provakatorlari Turkiyani nishonga olmoqda – Faxriddin Altun

    Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi rahbari, professor Faxriddin Altun mamlakatdagi suriyalik qochqinlar bilan bogʻliq vaziyat haqida bayonot berdi. Unga koʻra, hukumat mamlakatda salbiy muhit yaratish va jamiyatda qochqinlarga nisbatan keskinlikni kuchaytirishga urinishlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Altunning maʻʻlum qilishicha, mamlakatda dushman unsurlar boshchiligida barqarorlikni buzishga qaratilagan provakatsion harakatlar boshlangan.

    Davomini o'qish...
    709
    02.07.2024 08:40