28.06.2024 16:13

Eronda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Ushbu poygada kimlar ishtirok etdi?



Eronda bugun, 28 iyunʻ kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Ushbu lavozimni egallash uchun fors mamlakatida toʻrt nomzod kurashmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezidentlikka nomzodlarning uch nafari konservatorlar (marhum prezident Ibrohim Raisiy ham shu lagerga kirgan) lageriga, toʻrtinchisi esa reformatorlarga tegishli.

Nomzodlardan biri – 62 yoshli Muhammad Bagʻir Gʻolibaf 2020 yildan Eron Majlisi (parlamenti) spikeri, Tehronning sobiq meri (2005–2017), Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi havo kuchlari sobiq qoʻmondoni (1997–2000 yillar) boʻlgan. U prezidentlikka uch marta – 2005, 2013 va 2017 yillarda nomzod qilib koʻrsatilgan. Oxirgi marta Raisiy foydasiga nomzodini qaytarib olgan.

Ikkinchi nomzod Said Jaliliy 2007 yildan beri oliy rahnamo Oyatulloh Homanaiyning Oliy milliy xavfsizlik kengashidagi vakili hisoblanadi. Mahmud Ahmadinajod prezident boʻlgan (2005–2013) davrda u Oliy xavfsizlik kengashi kotibi va yadroviy masalalar boʻyicha bosh muzokarachisi lavozimida ishlagan. Jaliliy ikki marta — 2013 va 2021 yillarda prezidentlikka nomzodini qoʻygan. 

Prezidentlik poygasidagi yagona diniy ulamo – 63 yoshli Mustafa Purmuhammadiy sobiq adliya vaziri (2013–2017) va ichki ishlar vaziri (2005–2008) boʻlgan. 2013 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodi ilgari surilgan, biroq nomzodini qaytarib olgan.

Nihoyat islohotchilardan yagona nomzod boʻlgan 69 yoshli Masud Pezeshkiyan 2008 yildan Majlis aʻʻzosi (vitse-spiker ham boʻlgan) hisoblanadi. Sobiq sogʻliqni saqlash vaziri (2001–2005), kardiojarroh. U siyosiy faoliyatidan oldin besh yil davomida Tabriz tibbiyot fanlari universitetini boshqargan.

U 2021 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan, biroq qatnashishga ruxsat etilmagan. Boshqa nomzodlarning pozitsiyalari Raisiy siyosatiga mos kelsa-da, Pezeshkian vaqti-vaqti bilan rasmiylarni tanqid qiladi va AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash va ayollar erkinligi, jumladan, hijob oʻrash masalasida himoya qiladi.

Maʻʻlumot uchun, Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy 19 may kuni vertolyot qulashi oqibatida halok boʻlgandi.  U Ozarbayjon bilan chegaradagi Araks daryosi toʻgʻonining ochilish marosimidan qaytayotgan edi. Unga hamrohlik qilgan delegatsiya, jumladan, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan ham vafot etgan.

Raisiyning dafn marosimi 23 may kuni u tugʻilgan shahar Mashhadda boʻlib oʻtadi. Marhum bilan vidolashuv marosimi 21 may kuni Tabrizda boshlangan. Keyin prezidentning jasadi Qum, Tehron va Birjandga ham yuboriladi. Eronda besh kunlik milliy motam eʻʻlon qilindi.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, Raisiyning vakolatlari vaqtincha Muhammad Moxberga oʻtgan. U Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan tasdiqlanganidan keyin 50 kun davomida ijroiya hokimiyatini egallagan.

Mavzuga aloqador