29.06.2024 18:25
788

Arab davlatlari ligasi Hizbullohni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi



Arab davlatlari ligasi Hizbulloh shialar guruhini endi terrorchi tashkilot deb hisoblamaydi. Bu haqda Al-Akhbar gazetasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bayrutda Arab ligasi bosh kotibi yordamchisi Husam Zaki qarshilik harakati siyosiy byurosi aʻʻzosi Muhammad Raad bilan uchrashgan.

"Liga Hizbullohdan terrorchi guruh maqomini olib tashlashga qaror qildi, chunki bu partiya Livanning hozirgi siyosati va kelajagida muhim rolʻ oʻynaydi", – degan misrlik diplomat.

Zakining Raad bilan uchrashuvi 2016 yildan beri – Saudiya tashabbusi bilan shia guruhining liga tashqi ishlar vazirlari qoʻmitasi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb tan olinganidan soʻng birinchi marta tashkillashtirilgan. Oʻshanda Hizbulloh Eronning Yaqin Sharqdagi taʻʻsirini kuchaytirishda hamda Iroq, Yaman, Livan, Suriya va Fors koʻrfazidagi arab davlatlarining ichki ishlariga aralashishda ayblangan.

Bayrutda jurnalistlar bilan suhbatda misrlik diplomat oʻz tashrifidan maqsad Arab Ligasi Bosh kotibi Ahmad Abu al-Gʻayt nomidan mintaqa hamjamiyatining Livan va uning xalqi bilan birdamligini ifoda etish ekanini taʻʻkidlagan. 

“Janubdagi harbiy kuchayish nafaqat Livanda, balki butun Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikka jiddiy tahdiddir. Shu bois Hizbullohning Isroil bilan mojarosi kengayishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”, – degan Zaki.


U mintaqada tinchlikni taʻʻminlash uchun barcha tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga rioya qilishi zarurligini aytib oʻtgan. Diplomatning soʻzlariga koʻra, xalqaro hamjamiyat “Gʻazo sektoridagi shiddatli urushni toʻxtatishga erishishi kerak, bu esa Livan janubidagi qarama-qarshilikka ham taalluqlidir”.

Arab Ligasi bosh kotibi yordamchisi, shuningdek, livanlik siyosatchilarni milliy manfaatlarni shaxsiy ambitsiyalardan ustun qoʻyishga va 19 oydan beri lavozimi boʻsh qolayotgan respublikaning yangi prezidentini saylashga chaqirgan.

Mavzuga aloqador