Bombalanayotgan Gʻazo: 267-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 267 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar al-Mavasi, Shujayya hududi va Rafahdagi qochqinlar lageri hamda chodirlariga hujum qilishda davom etyapti. Sionist qotillari bir kunda 40 dan ortiq falastinlikni oʻldirdi.
▪️Nablusdagi Gʻarbiy Sohilda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan shiddatli jang qilyapti. Halilda natsistlar Shuveyka oilasining dafn marosimi qatnashchilariga shovqinli granatalar va koʻzdan yosh oqizuvchi gaz bilan hujum qilishdi.
▪️Al-Qassam jangchilari Shujayya hududida bosqinchilarga qoʻshib, minalangan binoni portlatib yubordi.
▪️Husiylar va Iroq qarshilik kuchlari Oʻrta Er dengizida neftʻ tashuvchi WALER tankeri va Qizil dengizda Amerikaning Delonix kemasiga hujum qildi.
▪️Hizbulloh Shlomi aholi punktidagi harbiylar qarorgohiga hujum qildi.
▪️Ispaniya Janubiy Afrikaning Xalqaro Suddagi daʻʻvosiga qoʻshilishini aytdi.
▪️BMT: Isroilning hujumi oqibatida Shujayyani 60 mingdan 80 ming nafargacha aholi tark etdi.