Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq togʻ poligonida MDH davlatlari ishtirokida belgilangan shtat qurollaridan otish boʻyicha xalqaro musobaqada  Oʻzbekiston terma jamoasi gʻolib boʻldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha,  24-27 iyunʻ kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada Oʻzbekistondan tashqari Rossiya, Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etgan.

Musobaqa qatnashchilari uch kun davomida "Makarov" pistoleti va "Kalashnikov" avtomatidan otish boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etgan.

Chempionat shartlariga koʻra, ishtirokchi davlatlar sharafini ushbu yoʻnalishlarda bir ayol va ikki erkak harbiy xizmatchi himoya qilgan.

Musobaqaning ikki yoʻnalishida qayd etilgan umumiy natijalarga koʻra, oʻzbekistonliklar musobaqada gʻolib deb topilgan.

Mavzuga aloqador