29.06.2024 10:15
631

AQSh Isroilning Patriot mudofaa tizimlarini Ukrainaga bermoqchi



AQSh, Isroil va Ukraina Kievga sakkiztagacha Patriot havo mudofaa tizimini etkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi oʻz manbalarga tayanib, xabar berdi. 

Nashr suhbatdoshlariga koʻra, kelishuv hali yakuniga etgani yoʻq, lekin katta ehtimol bilan u Isroil Patriot’larni avval AQShga, u erdan esa Ukrainaga joʻnatishini nazarda tutadi. Muzokaralar uch mamlakat vazirlari va boshqa yuqori martabali amaldorlari ishtirokida olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, aprelʻ oyida bosqinchilar hukumati 30 yillik tarixga ega sakkizta Patriot batareyasini foydalanishdan chiqarib, ularni yanada ilgʻor tizimlarga almashtirishini bildirgan. Biroq, Livanning Hizbulloh qarshilik harakati bilan mojaro kattaroq urushga aylanib ketishi mumkinligini hisobga olib, sionistlar ushbu tizimdan hali toʻlaqonli voz kechganicha yoʻq. 

Mutaxassislar agar havo hujumidan mudofaa tizimi Kievga topshirilsa, bu mamlakatning mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini taʻʻkidlashmoqda. Hozirda Ukrainada kamida toʻrtta Patriot tizimi mavjud boʻlib, ular AQSh va Germaniya tomonidan etkazib berilgan. Shunga qaramay, juda ehtiyotkor ishgʻolchi hukumat Isroilning Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishi uning Rossiya bilan munosabatlari yomonlashishiga olib kelishidan qoʻrqyapti.

Mavzuga aloqador