01.07.2024 08:31
Turkiy davlatlar harbiy hamkorligi kuchaymoqda – ekspert
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) koʻp qutbli dunyoga intilayotgan, umumiy turkiy oʻziga xoslikka ega mamlakatlarni muvaffaqiyatli birlashtirgan yangi geosiyosiy oʻyinchi sifatida maydonga chiqdi. Bu haqda siyosatshunos Taras Kuzʻoning Eurasia Review nashrida eʻʻlon qilingan maqolasida soʻz boradi.
Qayd etilishicha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 2009 yilning oktyabrʻ oyida Ozarbayjonning Naxchivon avtonom respublikasida tashkil etilgan.
Biroz vaqt oʻtib, Istanbulda boʻlib oʻtgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VIII sammitida Turkiy kengash nomi Turkiy davlatlar tashkilotiga oʻzgartirilgan.
Dastlab Ozarbayjon va Turkiya TDTga aʻʻzo davlatlar integratsiyalashuvining harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan boʻlsa, keyingi paytda Qozogʻiston va Oʻzbekiston ham tashkilotning faol aʻʻzolari sifatida maydonga chiqyapti.
Eng muhimi, TDT aksariyat tashkilotlardan farqli oʻlaroq teng huquqli davlatlar ittifoqini ifodalaydi. Turkiya boshqa davlatlarga qaraganda koʻproq aholiga ega boʻlsa-da, tashkilotning boshqa aʻʻzolari Anqarani gegemon deb bilmaydi.
TDT kotibiyati Istanbulda joylashgan, shunga qaramay tashkilot boshqa aʻʻzo mamlakatlarda, masalan, Ozarbayjon va Qozogʻistonda ham oʻz tuzilmalariga ega.
Kuzʻo MDH, Britaniya hamdoʻstligi yoki Frankofoniya singari tashkilotlarda sobiq mustamlakachi davlatlar Rossiya, Britaniya va Frantsiya etakchilik qilishi, qolgan davlatlar esa siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik masalasida kuchli uchlikning fikriga quloq solishini qoʻshimcha qilgan.
"Ayniqsa Ozarbayjonning Armaniston bilan mojaroda gʻalaba qozonishi turk birligini mustahkamlashda yangi davrni boshlab berdi", – deyiladi xabarda.
Siyosatchi Turkiya harbiy taʻʻlimi eskirgan Rossiyadan farqli oʻlaroq, mintaqa davlatlarining qurol importi borasidagi eʻʻtiborini tortayotganiga eʻʻtibor qaratgan.