Bombalanayotgan Gʻazo: 269-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 269 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunus, Shujayya va Magazi hududlariga hujum qildi. Yana oʻnlab odamlarni oʻldirdi. Urush boshlanganidan beri shahid boʻlganlar soni 37 877 nafarga etdi, 86 969 kishi yaralandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Tulkarm bataloni qoʻmondoni Said Al-Jobirni oʻldirdi. Minglab tulkarmliklar Said Al-Jobir bilan xayrlashish uchun koʻchaga chiqdi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Rafah nazorat-oʻtkazish punkti, Shujayya va Gʻazo shahridagi bosqinchilar hamda ularning qurollarini bombardimon qildik. Bosqinchilar oxirgi 48 soat ichida 33 askari yaralanganini maʻʻlum qildi.
▪️Hizbulloh bir kunda bosqinchilarga qarshi 9 ta amaliyot oʻtkazdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Umm al-Rashrashdagi harbiy obektga hujum qildi.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Yoqilgʻisiz kislorod stantsiyalari 48 soat ichida ishlamay qoladi. Biz barcha xalqaro tashkilotlarni zudlik bilan aralashib, Gʻazoga yoqilgʻi etkazib berishga chaqiramiz.
▪️Al-Jazira bosqinchilar falastinlik mahbuslardan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani aks etgan kadrlarni chop etdi. Odamlar tunnellarga va uylarga yashirinishga majbur boʻlmoqda. Ularning harakati kameralar yordamida kuzatilgan.
▪️Minglab dindor yahudiylar harbiy xizmatga norozilik bildirish uchun Isroil koʻchalariga chiqdi. Namoyishchilarni tarqatish uchun koʻpik va suv sepilgan. Oʻnlab odamlar hibsga olingan.