01.07.2024 13:06
724

Frantsiyadagi saylovlarda Makronning partiyasi magʻlub boʻldi


Kecha, 30 iyunʻ kuni Frantsiyada parlament saylovlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, oʻta oʻngchi “Milliy birlik” partiyasi 34,2% ovoz bilan etakchilik qilmoqda. Chap qanot koalitsiyasi “Yangi xalq fronti” 29,1% ovoz toʻplagan boʻlsa, iqtidordagi prezident Emmanuelʻ Makronning partiyasi esa 21,5% ovoz bilan 3-oʻrinni band etgan. 

Agar “Milliy birlik” keyingi turda ham oʻz natijalarini saqlab qolsa, parlamentdagi 240 dan 270 tagacha oʻringa ega chiqishi mumkin. 

Bundan tashqari, “Yangi xalq fronti” etakchisi Jan-Lyuk Melenshon saylovlardan keyin Frantsiya bosh vaziri  Gabrielʻ Attalʻ kursisini boʻshatishga majbur boʻlishini aytib oʻtgan.

Frantsiyada saylovning dastlabki natijalari eʻʻlon qilingach, mamlakatda mitinglar boshlandi. Parijning markaziy koʻchalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida politsiya safarbar qilingan.

Birinchi turda gʻolib aniq boʻlmagan okruglar uchun saylovning ikkinchi bosqichi 7 iyulga belgilangan.

Maʻʻlumot uchun, joriy yilning 9 iyunʻ kuni boʻlib oʻtgan Evropa parlamentiga saylovlarda prezident Makronning “Renessans” partiyasi oʻta oʻngchi muxolifatga oʻz oʻrnini boy bergan. Buning ortidan esa prezident navbatdan tashqari saylovlar oʻtkazilishini eʻʻlon qilgan.