01.07.2024 14:15

AQShda politsiyachi 13 yoshli musulmon bolani otib oʻldirdi


AQShda politsiyachi Mʻyanmadagi genotsiddan qochib, okean ortiga boshpana izlab borgan musulmon oilaning 13 yoshli farzandini otib oʻldirdi. Bu haqda SkyNews nashri xabar berdi.

Rasmiylar ushbu hodisada politsiyachini oqlab, bolaning qoʻlida oʻyinchoq qurol boʻlganini sabab qilib keltirmoqda. Politsiyachining oʻzi esa bola va uning sherigi Manxetten shimoli-gʻarbidagi doʻkonni umargan qaroqchilarga juda oʻxshashligini bahona qilgan.

Mahalliy politsiya boʻlimi boshligʻi Mark Uilʻyams oʻsmirlardan biri yugurib ketgani, ikkinchisi goʻyoki politsiyaga toʻpponchaga oʻxshash narsani oʻqtalgani, shundan soʻng voqea joyidagi ikki politsiyachidan biri unga qarata oʻq uzishga majbur boʻlganini aytib oʻtgan.

Afsuski, bolaga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

Maʻʻlumot uchun, Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi musulmonlar dunyodagi eng koʻp taʻʻqib qilinadigan va kamsitiladigan guruhlardan biri boʻlib qolmoqda. Ular 2012 va 2017 yillarda Mʻyanma harbiy xuntasi tomonidan uyushtirilgan genotsid qurboni boʻlib, keyinchalik Bangladesh kabi davlatlarga zoʻravonliklardan qutulish uchun ketgan qochqinlar sifatida xalqaro diqqat markaziga aylandi. 1,2 milliondan ortiq Rohinja musulmonlari ayni damda Mʻyanmadan tashqarida istiqomat qilishadi, bu esa ularni dunyodagi fuqaroligi mavjud boʻlmagan eng katta guruhlardan biriga aylantiradi.

Mavzuga aloqador