Avvalroq ikkiyuzlamachi AQSh hukumati Isroilga 2000, 1800 va 500 kilogrammlik bombalarni etkazib berishi maʻʻlum boʻlgandi.   

AXIOS nashrining yozishicha, Qoʻshma Shtatlar Isroilga urush boshlanganidan beri 6,5 ​​milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatgan. Jumladan, AQSh falastinliklar qirgʻini uchun 10 000 dan ortiq oʻta vayron qiluvchi 2000 funtli bombalar va minglab Hellfire raketalarini yuborgan.

Reuters axborot agentligi amerikalik ikki mansabdorga tayanib, Oq uy tomonidan sionistlarga tutqazilgan qurollarni sanadi. Roʻyxat quyidagicha: 

▪️14000 – 907 kg (2000 funtli) MK-84 bombalari;

▪️6500 – 227 kg (500 funtli) MK-82 bombalari;

▪️3000 – Hellfire raketalari;

▪️1000 – bunkerga qarshi bombalar;

▪️2600 – kichik oʻlchamli havo bombalari va boshqa oʻq-dorilar.

Mutaxassislarning fikricha, qurol-yarogʻ etkazib berish statistikasi AQShning Isroilga harbiy yordami Oq uy daʻʻvo qilganidek sezilarli darajada kamaymaganini koʻrsatyapti.

Mavzuga aloqador