01.07.2024 17:11

Shavkat Mirziyoev Koʻksaroyda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi



Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 iyulʻ kuni Kuksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida BMT Bosh kotibi davlat rahbariga Oʻzbekistonga kelish taklifi va koʻrsatilayotgan samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

Oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, davlat rahbari Guterrishning respublikaga bu galgi, ikkinchi tashrifi "Oʻzbekiston-2030" strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar BMT tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganining tasdigʻi ekanini taʻʻkidlagan.

Muzokaralar chogʻida global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʻʻminlash, Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilingan.

"140 ta qoʻshma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarning oʻzida Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 10 ta maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Yil boshidan buyon BMT Bosh kotibining beshta oʻrinbosari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Oʻtgan oyda mamlakatimiz Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (ECOSOC) tarkibiga va Xalqaro mehnat tashkilotining Maʻʻmuriy kengashiga saylandi. Oʻzbekiston vakili birinchi marta BMT Inson huquqlari qoʻmitasi aʻʻzosi boʻldi. Toshkentda BMTning yana bir maxsus muassasasi – Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha xalqaro jamgʻarmaning vakolatxonasi ish boshladi", – deyiladi xabarda. 

Birgalikda global kun tartibiga oid yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi, turizmni rivojlantirish, kambagʻallik va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish hamda bioxilma-xillikni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilmoqda. Kelgusi yilda Samarqandda YuNESKOning 43-bosh konferentsiyasi boʻlib oʻtadi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan ham fikr almashilgan. Davlat rahbari Bosh kotibning xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʻʻminlash, BMT va uning asosiy organlarini isloh qilish hamda joriy yilda Nʻyu-York shahrida Kelajak sammitini oʻtkazish tashabbuslarini qatʻʻiy qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.

Mintaqada transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish, oziq-ovqat, energetika va axborot xavfsizligini taʻʻminlash sohasida hamkorlik masalalari koʻrib chiqilgan.

Bundan tashqari, Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afgʻon xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi taʻʻkidlangan.

Uchrashuv yakunida 2026-2030 yillarda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha BMT bilan hamkorlikning hadli dasturini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Shundan soʻng, Koʻksaroy qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga jahonda hamjihatlik va birdamlikni faol ilgari surish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri - “Oliy darajali doʻstlik” ordenini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtgan.

Davlat rahbari mukofotni topshirar ekan, A.Guterrishning Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga etishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida eʻʻtirof etgan.

Mavzuga aloqador