Husiylar boshqaruvchisiz qayiq bilan yunon kemasiga hujum qildi
Husiylar harakati Qizil dengizda oʻzlarining masofadan boshqariluvchi qayigʻi bilan Isroilga yoʻl olgan Gretsiyaning Transworld Navigator savdo kemasiga hujumi tasvirlarni namoyish etdi.
Hujum qarshilik harakatining 150 kg oʻq-dorilar bilan jihozlangan Toofan boshqaruvchisiz kamikadze qayigʻi orqali amalga oshirilgan. Isroilning taʻʻkidlashicha, bunday dronlar Yaman raketalariga qaraganda bir necha barobar xavflidir.
Qoʻshma Shtatlar va Gʻarb tomonidan Qizil dengizni himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan saʻʻy-harakatlar natija bermayapti va Husiylar Isroilga yoʻl olgan kemalarga hujum qilishda davom etmoqda.
Ishgʻolchi davlat tarafdorlari koʻplab yirik kompaniyalar eng qulay va eng qisqa yoʻldan suzib oʻtishdan bosh tortganini aytib, AQSh va Gʻarbni dengiz xavfsizligini taʻʻminlashga qodir emaslikda ayblayapti.