-
Norvegiya ortidan darhol Irlandiya ham Falastin davlatini rasman tan olganini eʻʻlon qildi. Ular ortidan Ispaniya bormoqda – bu haqdagi qarori 28 maydan kuchga kiradi.
-
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Norvegiya Falastin davlatini tan olganini eʻʻlon qildi. Irlandiya va Ispaniya bugun, 22 may kuni Falastinni tan oluvchi davlatlar qatoriga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini maʻʻlum qilishdi. Hozirgacha Evropa Ittifoqining 9 davlati Falastinni tan olgan.
-
Oʻzbekiston suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Afgʻoniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yogʻ va boshqa mahsulotlar bor. Afgʻoniston shimolida may oyi boshida kuchli yomgʻirlar sababli suv toshqinlari yuz berib, yuzlab kishi halok boʻlgandi. Hodisadan eng koʻp Bagʻlon viloyati zarar koʻrgan.
-
Isroil boʻylab 1300 olim "urushni davom ettirishning foydalari aniq emas" deb bayonot tarqatgan. Taʻʻkidlanishicha, oʻz-oʻzini himoya qilish huquqi haqiqiy boʻlmagan maqsad yoki etakchilarning siyosiy omon qolishi uchun urushni davom ettirish huquqini bermaydi.
-
Port anklavga insonparvarlik yordamini koʻpaytirish va Falastin xalqining muhim ehtiyojlarini qondirish uchun vaqtinchalik echimdir, deydi AQSh Markaziy qoʻmondonligi. Taʻʻkidlanishicha, port Gʻazoga etkaziladigan yordam hajmini oshiradi. Kuniga 150 yuk mashinasigacha gumanitar yordam va ikki million ovqat etkazib berilishi mumkin, bu esa hududning 2,3 million aholisini oziqlantirish uchun etadi.
-
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hayotdan koʻz yumgan vertolyot halokati koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda. Hodisa qanday va nima sababdan sodir boʻlgani haqida hozircha rasmiy bayonot berilgani yoʻq. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, parvoz protokollariga toʻliq amal qilinmagan.
-
Politico nashri AQSh maʻʻmuriyati Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot halokatida Tehron Vashingtonni ayblashidan choʻchigari, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini diqqat bilan kuzatganini yozdi. Shuningdek, Oq uy mazkur halokat Yaqin Sharqdagi vaziyatni qanday oʻzgartirishi mumkinligi haqida savollar bergan.
-
Pokiston hukumati fuqarolarni havo harorati 40 darajadan oshib, 50 darajada etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Panjob viloyati maʻʻmuriyati shu munosabat bilan barcha davlat va xususiy maktablarni bir haftaga yopishga qaror qildi.
-
Dinsiz ham axloqli boʻla olamizmi? Sekulyar dunyoda ushbu savol juda koʻp beriladi. Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, mazkur savolning javobi uning kimdan soʻralishiga bogʻliq: insoniyatning kambagʻal va dindor boʻlgan aksariyat qismi uchun javob – yoʻq; boylar, dunyoviylashgan ozchiliklar yoki tajovuzkor sekulyar rejimlar tomonidan miyasi yuvilganlar uchun esa javob odatda – ha. Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 228 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.