Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)
Dinsiz ham axloqli boʻla olamizmi? Sekulyar dunyoda ushbu savol juda koʻp beriladi. Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, mazkur savolning javobi uning kimdan soʻralishiga bogʻliq: insoniyatning kambagʻal va dindor boʻlgan aksariyat qismi uchun javob – yoʻq; boylar, dunyoviylashgan ozchiliklar yoki tajovuzkor sekulyar rejimlar tomonidan miyasi yuvilganlar uchun esa javob odatda – ha.
Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen
islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.
Yolgʻon
gapirish, hayvonlarni qiynab, ularga azob berish, begunoh odamlarni oʻldirish yoki
ularga zarar etkazish yomon amallar sirasidan. Mehribon va xayrixoh,
mamnun, mard, sabrli, adolatli va dono boʻlish esa yaxshi amallardan. Mazkur
tamoyillar axloq yoki etika deb ataladi hamda Qurʻʻon va paygʻambarlik
taʻʻlimotlarida xuluq (birlikda) yoki axloq (koʻplikda) deb yuritiladi.
Barcha madaniyatlar yaxshi fazilatlar va amallarni qandaydir bir
elementar shaklda tan oladi. Biroq real hayotda ham, falsafiy fikrlashda ham
odamlar nima yaxshi ekanligi toʻgʻrisida oʻzaro ziddiyatga boradilar. Baʻʻzilar
rahm-shafqatni adolatdan ustun qoʻyishsa, baʻʻzilar esa barchaga, hatto kuchlilarga
nisbatan ham kechirimlilik va tinchliksevarlikdan vaʻʻz qilishadi. Boshqalar boʻlsa
toʻliq erkinlikni nazarda tutsa hamki, tenglik uchun kurashadi yo boʻlmasa aksi. Yana
boshqa toifa hayotdan koʻra tanlovni afzal biladi. Baʻʻzilar oʻlchovli baxtni
maksimal darajada oshirish tamoyili bilan yashasa, baʻʻzilar esa bu mavhum dunyoda
lahzaning oʻzidagina qoniqib yashashga ishonishadi. Umuminsoniy axloqiy turtki bizni
axloqiy imperativlarning (buyruqlarning) mustahkam binosi bilan taʻʻminlash
oʻrniga, tuganmas xilma-xillik va kelishmovchiliklar keltirib chiqaradi. Vaziyatni
yanada murakkablashtirgan holda, dunyo munozara uchun muzey yoki seminar xonasi
emas, balki yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi jang maydoniga aylanadi – yovuzlik
gʻoliblari har doim ochkoʻzlik, magʻrurlik va oʻz-oʻziga topinish orqali boshqalarni
oʻzgartirishga, ularning ustidan hokimlik oʻrnatishga va aldashga intiladilar, shu
tariqa yomonlikni yaxshilik, yaxshilikni yomonlik deb nomlash orqali nafsimizni,
idrokimizni va hatto tilimizni buzadilar. Shunday qilib, yaxshi boʻlish uchun bizdan
nafaqat intellektual (aqliy) tanlov qilish, balki haqiqat va ezgulikka sodiqlik
hamda kurashish talab qilinadi.
Zamonaviy muammolar: fikriy va iqtisodiy imperializm va
iqlim oʻzgarishi
Dinsiz ham axloqli boʻla olamizmi? Sekulyar dunyoda ushbu savol
juda koʻp beriladi. Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, mazkur savolning javobi uning
kimdan soʻralishiga bogʻliq: insoniyatning kambagʻal va dindor boʻlgan aksariyat qismi
uchun javob – yoʻq; boylar, dunyoviylashgan ozchiliklar yoki tajovuzkor sekulyar rejimlar
tomonidan miyasi yuvilganlar uchun esa javob odatda – ha.
Odamlarning axloqiy uslublari ham turlicha. Global shimolning
badavlat odamlari korporativ axloq deb atash mumkin boʻlgan narsa: inson asos
solgan tashkilotlarda ishlash uchun zarur boʻlgan shaxslararo koʻnikmalar, masalan, oʻz
vaqtida kerakli joyda boʻlish, haqiqatni aytish va shaffoflik (boshqaruv jamiyati
ehtiyojlariga muvofiq) kabilarga yaxshi amal qilishadi. Bu xuddi ota-ona va oila
rishtalarini hurmat qilish, saxovatlilik kabi oilaviy va jamoaviy fazilatlar
namoyon boʻladigan anʻʻanaviy xalq feʻʻl-atvoriga oʻxshaydi. Shuningdek,
mustamlakachilik va tugab bitgan siyosiy va iqtisodiy tartiblar tufayli vayron
boʻlgan mintaqalarda yashovchi odamlar oʻzaro ishonchning pastligi, beadablik va omon
qolish zarurati tufayli axloqiy xulq-atvorga shikast etkazadilar. Etika haqidagi
bunday soʻrovlar muhim va tizimli haqiqatlarni koʻzdan panalaydi. Birinchidan,
dunyoning sekulyar rahbarlari ezgulik deb hisoblanadigan narsalarni oʻzgartirdilar
va oʻzgartirishda davom etmoqdalar. Ommaning idroki ular tomonidan asosan
tashviqot orqali shakllantirilib, oʻzgartirib boriladi. Masalan, bundan atigi bir asr ilgari
ota-onaga xizmat qilish Evropa va Islom olamidan to Xitoy va Hindistongacha –
butun dunyoda eng muhim axloqiy fazilatlardan biri sanalgan. Bugun sekulyar,
liberal jamiyatlar bu fazilatdan, garchi illatga aylantirmagan boʻlsalar ham, voz
kechishgan. Xuddi shunday, toki zamonaviy kapitalizm buni ham fazilat, shu bilan
birga zarurat deb hisoblay boshlagunga qadar ochkoʻzlik hamma vaqt yovuzlikning eng
yomon koʻrinishi hisoblangan, sudxoʻrlik yoki ulush olish esa hazar qilinadigan jinoyat
sifatida barcha tamaddunlar va butun tarix davomida qoralangan edi.
Bu iqtisodiy ekspluatatsiya va kuchayib borayotgan tengsizlikdan
ham chuqurroq muammoga ishora qiladi: bu bizning toʻgʻrilik va notoʻgʻrilik tushunchamiz
elita tomonidan ommaviy ravishda nazorat qilinishini anglatadi. Men buni
epistemik (fikriy) imperializm deb atayman, yaʻʻni maʻʻlum bir asosiy global
institutlar tomonidan bilim ishlab chiqarish, maʻʻno va qadriyatlarni mustamlaka
etish. 1980 yillar – globalizm kuchayganidan beri – bu institutlar endi shunchaki
“Gʻarb” emas, balki butun dunyoda odamlarning katta qismiga qarshi birlashib,
global janubdagi oʻta boy “global” elitani ham oʻziga qamrab oldi.
Axloq va mafkuralar haqidagi bahslarning odatda oxiri
koʻrinmaydi. Muvaffaqiyatli dunyo hukmdorlari, zamonaviy, dunyoviy, demokratik va
boy global Shimolning xulq-atvorini baholashning ilmiy, empirik usuli mavjudmi?
Shunchaki kim haq ekanini koʻrish uchun oʻzgarishga fursat tugaydigan vaqt – oxiratni
kutishimiz kerakmi? Iymon bu sinovning bir qismi, shu bois ham maʻʻlum maʻʻnoda u
orqali Alloh rahm-shafqat bilan muayyan ogohlantirishlar yuboradi. Zamonaviy
sekulyar turmush tarzidagi axloqiy inqirozning eng katta belgisini zamonaviy
empirik fanlarning oʻzi taklif qilishi bejiz emas: iqlim oʻzgarishi. Keling, bir
misolni koʻrib chiqamiz. Ota-onalar qoʻllaydigan tarbiyaning koʻplab uslublari
mavjud: anʻʻanaviy va zamonaviy, avtoritar, yumshoq, qattiqqoʻl, mehr berishga moyil
yoki intizomga asoslangan. Tasavvur qiling-a, agar ota-onalar farzandlari yashashi
mumkin boʻlgan yagona uy-joyni, uning har bir gʻishtidan mebeligacha qasddan va
hecham oʻylab oʻtirmay ochkoʻzlik bilan sotib, sarf qilib yuborsalar, ularning yosh
bolalari och qolib, koʻchada tilanchilik qilishga majbur boʻladi yoki vafot etadi.
Barcha tomonlar bu chindan ham gʻalati tarbiya usuli ekanini tan olishlari aniq.
Zamonaviy ilm-fan bizga aytadiki, dunyoviy, kapitalistik hayot tarzi dunyo uchun
aynan shunday ota-ona boʻldi. Cheksiz adaddagi ilmiy maqolalar, kitoblar va
hujjatli filʻmlar yaqinlashib kelayotgan ekologik halokatdan xabar bermoqda.
Tasvirni aniqroq koʻrish uchun uchta jihatni belgilab olmoq lozim:
• XIX
asrdagi sanoat inqilobidan beri 200 yil ichida odamlar tabiiy jarayonlar orqali
200 million yil davomida er yuzida toʻplangan deyarli barcha qazilma yoqilgʻilarni
isteʻʻmol qildilar. Atmosfera uglerodining hamda oʻrmonlarning kesilishi va
turlarning yoʻq boʻlib ketishi koʻrsatkichlari bu davrda beqaror “xokkey tayoqchasi”
shaklini oldi.
• konservativ
hisob-kitoblarga koʻra, butun aholining qariyb 5 foizi dunyo resurslarining 35
foizini isteʻʻmol qiladi. Bu shuni anglatadiki, agar biz barchamiz zamonaviy
gʻarbliklar singari hayot kechirsak, er yuzidagi odamlarning 80%iga boshqa sayyora
kerak boʻlib qolardi. Shuning oʻzi ham sekulyar zamonaviylik butun xalqlar,
mintaqalar va madaniyatlarni ommaviy ravishda yoʻq qilish yoʻli ekaniga ishora etadi.
• bunga
asosiy aybdor aholining oʻsishi emas, balki turmush tarzidir. Buni tushunish uchun
1890 yildan boshlab bir asr davomida dunyo aholisi 4 barobarga, lekin suvdan
foydalanish 9, jahon iqtisodiyoti 14, energiya isteʻʻmoli esa 16 barobarga koʻpayganiga diqqat qaratish kerak.
Bularning barchasi sekulyar zamonaviylik – XIX asr, aynan Gʻarb
aholisi zamonaviy qadriyatlarni qabul qila boshlagan vaqtdan boshlab – Er
sayyorasini oʻldirganini koʻrsatadi. Dunyoning kambagʻal ommasi, jumladan,
musulmonlarning aksariyat qismiga modernizatsiya va dunyoviylashtirish uchun bosim
oʻtkazilayotgan bir pallada etakchi olimlar va tadqiqotchilar, umumiy aytganda,
tarixga aylanayotgan anʻʻanaviy, jamoaviy va altruistik axloq insoniyatning omon
qolishi uchun zarurligini taʻʻkidlamoqdalar.
Bularning hammasi shunchaki erning moddiy tarzda yoʻq boʻlib ketishi bayoni edi: biz hali Xudoga boʻlgan ishonchni yoʻqotish, ruhiy va psixologik inqirozlar, hayot va ezgulikning maʻʻnosi haqidagi chuqurroq muammolarga yuzlanganimiz yoʻq. Alloh taolo Qurʻʻoni karimda vaʻʻda qilganidek, bu ikkisi bir-biriga qattiq bogʻlangan: “Kim Mening zikrimdan yuz oʻgirsa, uning hayoti tor boʻlur. Biz uni qiyomat kunida koʻr holida tiriltirurmiz” (Toha surasi 124 oyat).
Davomi bor.