-
Qosim-Jomart Toqaev Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
-
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot halokati natijasida vafot etgani munosabati bilan mamlakatda 5 kunlik motam eʻʻlon qilindi. Shuningdek, Turkiya, Suriya, Livan, Iroq, Hindiston, Pokiston va Tojikistonda ham milliy motam eʻʻlon qilindi.
-
Islomiy banking toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi, u joriy yilda parlamentga kiritiladi, dedi MB raisi oʻrinbosari Behzod Hamroev. Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyaviy xizmatlar toʻgʻrisidagi meʻʻyoriy hujjatlar ham qabul qilinishi kutilmoqda.
-
Isroil prezidenti Isaak Gertsog Xalqaro jinoiy sud (XJS) bosh prokurori Karim Xonning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order berilgani haqidagi bayonotiga javob berdi. Gertsog Netanyaxu va Gallantga qarshi hibsga olish orderi eʻʻlon qilinishi "bir tomonlama siyosiy harakat" ekanligini aytdi.
-
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori HAMASning uch etakchisi, shuningdek, Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini harbiy hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi.
-
Frantsiyaning «Nant» futbol klubi hujumchisi Mustafo Muhammad LGBT harakati timsollarini taqishdan bosh tortgani uchun «Monako»ga qarshi oʻyindan chetlatildi. Diskvalifikatsiya natijasi uzoq kuttirmadi - «Nant» «Monako»ga 0:4 hisobida magʻlub boʻldi.
-
Ibrohim Raisi vafotidan keyin Eronni tarixda birinchi marta uning vitse-prezidenti, 68 yoshli Muhammad Moxber boshqaradi, deb yozadi Al-Arabiya. U Adliya vazirligi rahbari va parlament raisi bilan birgalikda qaror qabul qiladigan uch aʻʻzolik Davlat kengashi aʻʻzolaridan biriga aylanadi. Biroq oxirgi soʻz, avvalgidek, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyda qoladi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 227 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Rublning qadrsizlanishi, siyosiy voqealar va yaqinda “Krokus” terakti tufayli Rossiyada ishlayotgan qirgʻizistonliklar soni deyarli ikki baravar kamaydi. Bu haqda Qirgʻiziston Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vazirligi huzuridagi Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish markazi bosh mutaxassisi Esenbek Ergeshov maʻʻlum qildi.
-
Yangi Kaledoniyadagi ommaviy norozilik namoyishlaridan soʻng Frantsiya Oliy Kengashi orolda harbiy holat eʻʻlon qildi. Barcha namoyishlar va aktsiyalar taqiqlangan, ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Jurnalistlarning orolga kirishi cheklangan.