21.05.2024 19:25

Eronning yuqori amaldorlari bitta vertolyotda: Parvoz protokollariga rioya qilinganmi?

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hayotdan koʻz yumgan vertolyot halokati koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda. Hodisa qanday va nima sababdan sodir boʻlgani haqida hozircha rasmiy bayonot berilgani yoʻq. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, parvoz protokollariga toʻliq amal qilinmagan.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hayotgan koʻz yumgan vertolyot halokati sabablari haqida hozircha rasmiy bayonot berilgani yoʻq. Biroq ushbu halokatda parvoz protokollariga rioya qilinganmi yoki yoʻqmi – bu borada mutaxassislarning dastlabki fikrlari diqqatga sazovordir. Zero bunday ob-havo va er sharoitida vertolyotdan foydalanish ayrim qoʻllanma va talablarga rioya etilmaganidan darak beradi.

Tabiiy ravishda baxtsiz hodisadan keyin koʻplab savollar paydo boʻldi ham. Nima uchun vertolyotlarga tumanli ob-havo sharoitida uchishga ruxsat berildi? Yuqori darajali amaldorlarning bitta vertolyotda boʻlishlari toʻgʻrimi? Vertolyotning texnik holati va texnik xizmat koʻrsatish jarayonlari qanday edi?

TRT Haber aviatsiya sohasi mutaxassisi, Aydin Adnan Menderes universiteti professori Huseyin Chelikka shu kabi savollar bilan yuzlandi. Chelik hodisaning texnik jihatlarini ham, parvoz xavfsizligi bilan bogʻliq muhim nuqtalarni ham baholadi.

Umuman olganda, yuqori darajali amaldorlar xavfsizlik nuqtai nazaridan turli samolyotlarda uchishadi. Biroq bu xalqaro qoida emas va tartiblar har bir mamlakatda farq qilishi mumkin.

Tumanli havoda vertolyotlar ucha oladimi?

Hodisa sodir boʻlgan hudud anchagina tepalik va ogʻir ob-havo sharoitiga ega. Huseyin Chelik "Tumanli havoda vertolyotlarni havoga koʻtarish umuman xavf tugʻdiradi" dedi va quyidagicha davom etadi:

“Vertolyotlarning uchishiga ruxsat berish-bermaslik ob-havo sharoiti, uchuvchining mahorati va vertolyot jihozlariga bogʻliq. Vertolyotlar odatda vizual parvoz sharoitida (VFR – atrofni koʻrib turgan holda) uchishni afzal koʻrishadi. Biroq past koʻrinish sharoitida, masalan, tumanli ob-havo muhitida asbob-uskunalar bilan uchish shartlari (IFR) talab qilinishi mumkin. IFR samolyot va vertolyotlarda faqat asbob-uskunalarga tayanib, tashqariga qaramasdan uchish imkonini beradi.

"Yuqori darajali amaldorlarning bitta vertolyotda uchishi toʻgʻri emas"

Professor Huseyn Chelik Eron prezidenti va tashqi ishlar vazirining bitta vertolyotda boʻlishi xatarli ekanini bildirdi. Biroq u yana bir nuqtaga ham eʻʻtibor qaratadi:

"Odatda oliy martabali shaxslar xavfsizlik nuqtai nazaridan turli samolyotlarda uchishadi. Biroq bu xalqaro qoida emas va davlatdan davlatga farq qilishi mumkin. Eronning bu masala boʻyicha muayyan protokoli bor yoki yoʻqligini bilmayman, lekin ularning ayni vertolyotda uchishlari maqsadga muvofiq emas".

"Vertolyotda borishlari katta xato edi"

Mutaxassis, shuningdek, vertolyotda uchish shartlari aslida qanday boʻlishi kerakligiga toʻxtalib oʻtdi.

"Ularning vertolyotda borishlari katta xato edi, bu holatda samolyotda uchishlari kerak edi. Vertolyotlar odatda VFR sharoitida uchishni afzal koʻradi. IFR sharoitida asboblarga tayanib uchasiz. Eron aviatsiya rasmiylari ushbu halokatda vertolyot VFR mi yoki IFR orqali uchgani boʻyicha maʻʻlumotlarni ochiqlashlari kerak. Biroq qulaganiga qaraganda, katta ehtimol bilan VFR sharoitida uchishgan va tumanli havoda uchmasliklari kerak edi”.

"Vertolyotga texnik xizmat koʻrsatish va uchuvchining tajribasi soʻroq qilinishi kerak"

Huseyn Chelik Eronning uzoq vaqtdan beri Amerikaning embargosi ​​ostida boʻlganini va bu ehtiyot qismlar taqchilligiga olib kelganini aytdi.

"Vertolyotga texnik xizmat koʻrsatilishi va uchuvchining tajribasi ham soʻroq qilinishi kerak", dedi Chelik. "Elektron tiqilib qolish kabi omillar ham eʻʻtiborga olinishi kerak. Elektron chuvalashtirish samolyot qurilmalari va tizimlarini buzish uchun ishlatiladi va ushbu halokatda mazkur ehtimol ham koʻrib chiqilishi kerak”.

Vertolyotlarning yuqori balandliklarga chiqish imkoniyati cheklanganini bildirgan Chelik "Vertolyotlar odatda pastroqdan uchadi va bu xavfli. Shuningdek, uchta vertolyot birga uchganmi? Prezident va tashqi ishlar vaziri boʻlgan vertolyot nima uchun halokatga uchradi? Bu savollarga javob topish kerak»ligini taʻʻkidladi.

"Aviatsiya qoidalariga rioya qilinmasa, halokat muqarrar"

Professor yomon ob-havo sharoitida vertolyotlar tanlanmasligi kerakligini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra,  uchuvchi parvozdan oldin ob-havo sharoiti va meteorologik maʻʻlumotlarni tekshirishi kerak edi. “Tumanli va togʻli erlarda uchish xavfli va aviatsiya qoidalariga rioya qilinmasa, halokat muqarrar”, - dedi u.

Mavzuga aloqador