22.05.2024 10:09

Norvegiya Falastinni tan oldi

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Norvegiya Falastin davlatini tan olganini eʻʻlon qildi. Irlandiya va Ispaniya bugun, 22 may kuni Falastinni tan oluvchi davlatlar qatoriga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini maʻʻlum qilishdi. Hozirgacha Evropa Ittifoqining 9 davlati Falastinni tan olgan.

Norvegiya oʻz vaʻʻdasini bajardi va Falastin davlatligini tan oldi, deb xabar bermoqda NRK. Falastin davlatini tan olish qarorini bugun Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore eʻʻlon qildi.

Norvegiyadan tashqari, Irlandiya va Ispaniya bugun, 22 may kuni Falastinni tan oluvchi davlatlar qatoriga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini maʻʻlum qilishdi.

Hozirgacha Evropa Ittifoqining toʻqqizta davlati Falastinni tan olgan. Bolgariya, Vengriya, Kipr, Malta, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Chexiya 1998 yilda Evropa Ittifoqiga aʻʻzo boʻlishdan oldin tegishli qarorni qabul qilgan, 16 yildan keyin esa Shvetsiya ularga qoʻshilgan. Bundan tashqari, Falastinni boshqa qator davlatlar, jumladan Belʻgiya va Sloveniya ham tan olishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador